“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:07
ЎЗO‘Z

Buxoroda o‘g‘rilik qilishiga xalal bergan 13 yoshli qizni bolg‘a bilan urib o‘ldirishga uringan ayol qo‘lga olindi

19 noya, 09:01 4 856 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda o‘g‘rilik qilishiga xalal bergan 13 yoshli qizni bolg‘a bilan urib o‘ldirishga uringan ayol qo‘lga olindi Foto: Buxoro viloyat IIB
Buxoro shahrida uyida yolg‘iz qolgan 13 yoshli qizni bolg‘a bilan urib o‘ldirishga uringan va xonadondagi 12 turdagi ayollar taqinchog‘ini, pullarni o‘g‘irlagan bosqinchi ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 2020 yilning 16 noyabr kuni soat 18:10 da shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Buxoro filiali navbatchi shifokori shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, 5-sinf o‘quvchisiga og‘ir tan jarohati yetkazilganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIB IIO tergov-tezkor guruhi surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, Buxoro tumanida yashovchi 35 yoshli ayol M.Sh. bir necha yildan buyon ota-onasi qaramog‘ida bo‘lgan 13 yoshli F.M. istiqomat qiluvchi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatidagi go‘zallik salonida ishlab kelgan. Voyaga yetmagan qizning ota-onasi ishga ketganidan foydalangan ayol xonadonga kirgan va yonida o‘zi bilan olib kelgan qo‘lbola usulda tayyorlangan temir bolg‘acha bilan qizaloqning bosh qismiga shafqatsizlarcha urgan. Ustiga-ustak, uning yuzini yostiq bilan bosib, bo‘g‘gan. Jon talvasasida ko‘p qon yo‘qotgan qiz hushidan ketgan. M.Sh. esa uni o‘ldi, deb o‘ylab, xonadondan 12 turdagi ayollar tilla va kumush taqinchoqlarini, 100 dollar va 6 million 250 ming so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab qochgan.

«Fuqaro M.Sh.ning qilmishi oqibatida hali voyaga yetmagan qiz og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Fuqarolardan shu kabi og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning qurboniga aylanib qolmasligi uchun voyaga yetmagan farzandi, keksa otaxon va onaxonlar yoxud nogironligi bo‘lganlarni uyda yolg‘iz yoki qarovsiz qoldirib ketmaslikni so‘raymiz va bu to‘g‘risida ogohlantiramiz», — deydi Shuhrat Jalolov.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-, 97-moddasi 2-qismi «i» bandi (ta’magirlik niyatida qotillikka suiqasd) va 164-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran, xavfli retsidivist tomonidan bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda bosqinchi ayol qamoqqa olingan va dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Bo‘limlar