“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:50
ЎЗO‘Z

Davlatimiz bayrog‘i haqida nimalarni bilamiz?

17 noya, 09:25 29 500 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlatimiz bayrog‘i haqida nimalarni bilamiz? O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan va shundan buyon har yili 18 noyabr kuni Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida yuritimizda nishonlanadi.

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Ozod va obod Vatanimiz – O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblandi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir, davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i ham mavjud. Har bir bayroq o‘z rangi va timsollariga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i - bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mato hisoblandi.

Bayroqdagi to‘q moviy rang - tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi, jumladan buyuk bobokalonimiz Amir Temur davlatining bayrog‘i rangi ham moviy rangda bo‘lgan.

Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflikni, ichki guzallikka intilishning timsolidir.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzidir, u ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Davlat bayrog‘idagi qizil chiziqlar esa, vujudumizda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni - hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nishonasidir.

Bayrog‘imizdagi yarim oy tasviri – bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi hisoblanadi.
Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador bo‘lib, o‘zbek madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilish ramzi sifatida tushunish lozim.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda Respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i doimiy ravishda sudlarning binolarida ko‘tarilgan bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Bayrog‘imiz 1992 yil 2 martidan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi, mana, qariyib 29 yildirki, u xalqaro maydonda mamlakatimiz kuch-qudrati, mustaqilligimizning ifodasi, halqimiz g‘ururi va iftixori timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining devonxona mudiri
B.Farmonov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 0
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 0
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 211
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar