“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 08:44
ЎЗO‘Z

«Yoshlar yomon emas, o‘zimiz yomon». Shavkat Mirziyoyev yoshlardan noliydigan rahbarlarga taklif berdi

14 noya, 08:30 2 211 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Yoshlar yomon emas, o‘zimiz yomon». Shavkat Mirziyoyev yoshlardan noliydigan rahbarlarga taklif berdi Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida davlat rahbari yoshlardan shikoyat qilib, «yoshlar yomon» deydigan rahbarlarga taklif berdi, deya xabar berdi «Daryo» nashri.

«Kecha yoshlar bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni bilishga harakat qildim. Yoshlarning ko‘zi yonib turibdi. Ular aytayotgan fikrlarni eshitib, ularga yordam berish kerak. Ko‘pchilik rahbarlarimiz, tuman hokimlari yoshlarni eshitmay, faqat ‘Yoshlar yomon’ deb shikoyat qiladi. Aslida yoshlar emas, o‘zimiz yomon», — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev viloyatda yoshlar sportiga e’tibor berilmayotganini aytib, «Nabiyevni (jismoniy tarbiya va sport vaziri) sezmayapman», — dedi.

«Maktabda dars tugaganidan so‘ng, soat 16:00 dan keyin maktab sport zali va to‘pni yoshlarga bering, kechasi ikki-uchgacha sport bilan shug‘ullansa ham, men roziman. Bizda esa bunaqa emas. Maktab zalining kaliti yo direktorda turadi yoki sport murabbiyida», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari yig‘ilish davomida viloyatda sportni rivojlantirish uchun mini futbol maydonlari, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat beruvchi o‘yingohlar qurish taklifini berib, «O‘sha maydon qurilishi uchun sarflanadigan pulni yoshlarning o‘ziga berish kerak. O‘zi qursin va o‘zi foydalansin. Bunaqa ishlarni davlat ixtiyoridan chiqarish kerak. Davlat buyurtmasi asosida qilinsa, yana korrupsiya, poraxo‘rlik bo‘ladi», — dedi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 40
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 52
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 49
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 136
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 163
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 225
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 147
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 170
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 72
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 114
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 100
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 39
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 79
  • Bo‘limlar