“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:36
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Qur’oni karimni tahqirlashga hech kimning haqqi yo‘q!

30 okt, 15:07 1 894 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Qur’oni karimni tahqirlashga hech kimning haqqi yo‘q! Ijtimoiy tarmoqlarda 29 oktabr kuni o‘zini ateist deb tanishtirib, Qur’on kitobining varaqlarini yirtib, uni oyoqlari bilan bosgan holda unga nisbatan hurmatsizlik qilgan erkakning videosi tarqaldi hamda keskin bahs-munozara va noroziliklarga sabab bo‘lgandi. O‘zbekiston musulmonlar idorasi ushbu hodisaga munosabat bildirdi.

- "Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu salomlar bo‘lsin.

Aziz mo‘min-musulmon yurtdoshlar! Kuni kecha ijtimoiy tarmoq sahifalarida dinimizning ilohiy manbasi va eng muqaddas kitobi – Qur’oni karimga nisbatan hurmatsizlik aks etgan videolavha tarqaldi hamda keskin bahs-munozara va noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Ma’lumki, Alloh taolo Qur’oni karimni insoniyatga hidoyat va ezgulik manbai o‘laroq nozil qilgan. Shu nuqtai nazardan, qolaversa, qonunchilikka ko‘ra, inson kim bo‘lishidan qat’i nazar muayyan din vakilining diniy tuyg‘ulari, qadriyatlari hurmat qilinishi shart, ularning tahqirlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ota-bobolarimiz qadim-qadimdan Qur’oni karimni ko‘ksilaridan pastda tutmaganlar, joynamozlarini ham doimo baland joyga qo‘yganlar. Masjid atrofidan ohistalik bilan o‘tganlar. Azon aytilayotganda behuda so‘z aytmaganlar. Ana shu jihatlardan kelib chiqqanda, tarqalgan videolavhadagi holat yurtimiz mo‘min-musulmonlarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karimni oyoq osti qilish holatini qattiq qoralashini hamda bu noinsoniy harakat hech qaysi diniy ta’limotga ham, aqlga ham, umuman olganda, insoniylik tamoyiliga ham to‘g‘ri kelmasligini bildiradi.

Kezi kelganda, mo‘min-musulmon yurtdoshlarimizga bunday manfur xatti-harakatlarga nisbatan tajovuzkorona emas, balki aqlni ishlatib munosabat bildirish lozim ekanini ta’kidlaymiz. Chunki qonun hujjatlariga muvofiq milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha’n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar javobgarlikka asos bo‘ladi. Shunday ekan, bu fuqaroning qilmishi ham, albatta, qonuniy asosda ko‘rib chiqiladi.

O‘z navbatida, Qur’oni karimni tahqirlagan mazkur fuqaroning shaxsini aniqlash bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan amaliy sa’y-harakatlar olib borilayotgani hamda konstitutsiya va qonun hujjatlariga zid ravishda diniy adovat chiqarishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ta’kidlaymiz", - deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Avval Ichki ishlar vazirligi mazkur videodagi holat bo‘yicha ma’lumot bergan va surishtiruvlar davomida mazkur shaxsning Mingbuloq tumanidan bo‘lgan Sherzod Turdiyev emasligi aniqlangani, o‘tkazilgan tekshiruv harakatlari natijasida ushbu videotasvirni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan shaxs aniqlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga jalb qilinganini bildirgan.

Vazirlik axborotiga ko‘ra mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 238
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar