“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:59
ЎЗO‘Z

IIV: Qur’oni karimga hurmatsizlik qilib videoga olgan «ateist» ushlandi

30 okt, 08:01 3 847 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIV: Qur’oni karimga hurmatsizlik qilib videoga olgan «ateist» ushlandi Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli diniy adovatni qo‘zg‘atish va dindorlar orasida murosasizlikni keltirib chiqarishni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlar tarqalmoqda, deyiladi IIV rasmiy ma’lumotida.

Xususan, joriy yilning 29 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini «ateist», deb tanishtirib, u tomonidan dinimizning ilohiy manbasi va eng muqaddas kitobi – Qur’oni karimga nisbatan hurmatsizlik aks etgan videolavha tarqaldi hamda keskin bahs-munozara va noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida, mazkur shaxs Mingbuloq tumanidan bo‘lgan Sherzod Turdiyev emasligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu videotasvirni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan shaxs aniqlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga jalb qilindi.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov natijasiga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

«Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan yurtimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik kabi azaliy an’analarimizga kundalik hayotimizda amal qilishlarini hamda muqaddas dinimizni oyoq-osti qilib, aholi orasida ixtiloflar keltirib chiqarishga bo‘lgan urinishlar uchun qonunda javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz», deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar