“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 05:49
ЎЗO‘Z

Pedagogika va andragogika tushunchalari va o‘quv motivatsiyasi omillari

28 okt, 21:55 10 131 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pedagogika va andragogika tushunchalari va o‘quv motivatsiyasi omillari Hozirgi kunda ta’lim tizimiga berilayotgan katta e’tibor tizimning turli bosqichlariga alohida etibor qaratilishini va ushbu bosqichlarning o‘ziga hos xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda jarayonni tashkil etishni taqazo etmoqda. Ushbu nuqtai-nazardan, xalq ta’limi va oliy va undan keyingi ta’lim tizimi vakillari orasida ko‘p muhokamaga sabab bo‘luvchi pedagogika va andragogika tushunchasiga oydinlik kiritmoqchimiz.

So‘zimizni boshini ko‘pchiligimizga tanish bo‘lgan pedagogika, ya’ni soha vakili bo‘lgan “pedagog” tushunchasidan boshlamoqchimiz. Pedagog (Pedagogue), maktab o‘qituvchisi – juda sinchkovlik yoki qat’iyatlik bilan ta’lim beruvchi kishi deb ta’riflanadi. Pedagogik modelda nimani, qachon va qanday o‘qitilish kerakligini o‘qituvchi hal qiladi.

Kattalarni o‘qitish, o‘rgatish sohasi hisoblangan “androgogika” esa, aksincha, kattalarga ta’lim beruvchi san’at va fan hisoblanadi. Androgogik model quyidagi beshta asosga tayanadi:
1) o‘rganuvchilarga biror narsani o‘rganish nima uchun muhimligi bildiriladi;
2) o‘rganuvchilarga ma’lumotlar ichida o‘zlarini qanday boshqarishni ko‘rsatadi;
3) mavzu o‘quvchilar tajribasiga bog‘lanadi;
4) odamlar to o‘rganishga tayyor bo‘lmagunicha yoki motivlanmagunicha ishga kirishmaydilar;
5) Bu esa o‘rganish bo‘yicha to‘siqlarni, xatti harakatlar va e’tiqodlarni bartaraf etishni talab qiladi.

Xulosa shuki, pedagogikadan farqli ravishda androgogikaning ta’limiy maqsadi o‘rganuvchilarga mazmunni qabul qilishga va unga tanqidiy fikr bildirishga zamin yaratish hamda uni hayotda amaliy qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi.

J.Rachal androgogikani kattalarga ta’lim berish vositasi sifatida o‘rganib, oliy ta’limda talabalar o‘z motivatsiyalariga o‘zlari mas’ul bo‘lishlari kerakligini ta’kidlaydi. Androgogika talabalarni nazorat qilishga, egallanayotgan bilimlarni mavjud standartlarga asoslanib baholab borishga va talabalarni o‘rganishga ixtiyoriy jalb etishga chorlaydi. Lekin bu shartlarning aksariyati oliy ta’limda qo‘llanmaydi.

Androgogikaning asosiy nazariyalaridan yana biri, o‘qish / o‘rganish haqiqiy qadriyat sifatida ta’qib qilinishidir. Androgogika qoniqishni ko‘lamini va talaba belgilagan natija darajasini talab qiladi. Bu shartlarning hech birini oliy ta’lim mazmuni orasidan osonlikcha topib bo‘lmaydi, ayniqsa, o‘qitilishi nazarda tutilayotgan kursning maqsadiga qoniqish asosiy aniqlovchi sifatida kiritilmagan bo‘lsa.

Bolalar ta’limida o‘qituvchilar tashqi motivatsion omillar (baho olish, ota-onaning yoki o‘qituvchining talabi, uyalib qolishdan qo‘rqish va h.z.) sifatida muhim o‘rinni egallasa, oliy ta’limda esa tashqi omillar o‘quv faoliyati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatsa-da, talaba mas’uliyatini kuchaytirmaydi. Bunday farqni ajrata bilgan oliy ta’lim o‘qituvchisigina tegishli metod, texnologiya va yondashuv orqali talabalarga bilim olish ko‘nikmalarini o‘rgatishda muvaffaqiyatga erishadi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli o‘qishga bo‘lgan motivatsiya omili ko‘pincha intellekt omilidan kuchliroqdir. O‘rganish jarayonini yoqimli qilishda o‘rganuvchilar motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Shu sababli motivatsiyani shakllantirish, rivojlantirish, kerakli darajada saqlashga doir metod hamda yondashuvlarni inobatga olib, darslar va o‘quv materiallarini tashkillashtirgan holda olib borish talab etiladi.

Birinchidan, taqdim etilayotgan matnlar, audiovizual materiallar, vazifalar va dars mashg‘ulotlari talabaning qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim.

Ikkinchidan, o‘qituvchi talabalarga vazifalarni bajarilishini baholash imkonini berishi va ularning ehtiyojlari boshlang‘ich rolni o‘ynashi talab etiladi.

Uchinchi muhim narsa – mashg‘ulotlardagi yumor, musiqa singari dars mavzusidan tashqari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar komponentlari talabalarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish xususiyatlari hisoblanadi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar sifatida nafaqat yumor yoki ko‘ngilochar mashg‘ulotlar, balki talabalarning orasida kurs maqsadiga mos bellashuvlar uyushtirish, misol uchun, poster taqdimotlar, video taqdimotlar, loyiha ishlari, guruhlarda loyiha ishlarini tashkillashtirish va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

Samatova Barnoxon Ravshanxanovna
Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali
Umumta’lim fanlar kafedrasi dotsenti v.b.,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar