“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 06:23
ЎЗO‘Z

Ichki ishlar organlari xodimlari ham niqobsiz yurishga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘ldi

28 okt, 21:25 2 187 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ichki ishlar organlari xodimlari ham niqobsiz yurishga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘ldi Kuni kecha “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan MJtK 248-moddasining birinchi qismiga qo‘shimcha kiritilib, unga ko‘ra, ichki ishlar organlari ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxatiga epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish(MJtK 54-modda) ham kiritildi.

Bu nimani anglatadi?
Ma’lumki, MJtK 54-moddasi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda karantin sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishga ichki ishlar organlarini vakolatli etib belgilash shundan dalolat beradiki, endilikda ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning jamoat joylarida niqobsiz yurish holati bilan bog‘liq ma’muriy ishlarni ham davlat sanitariya nazorati organlari xodimlarining ishtirokisiz, o‘zlari mustaqil ko‘rib chiqa oladi.

Kodeksga kiritilgan so‘nggi qo‘shimchalardan shuni anglash mumkinki, ichki ishlar organlarining quyidagi toifadagi xodimlari karantin qoidalarini buzishga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga vakolatli etib belgilandi:

Bunga qadar ushbu turdagi huquqbuzarliklarga oid ishlar davlat sanitariya nazorati organlari xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilardi.

Shuningdek, Kodeksning 291-moddasiga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki ob’ektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan sharoitlarda transport vositalari haydovchilari tomonidan ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda, transport vositalarini ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilguniga qadar amalga oshirilishi belgilandi.

Bunda bir jihatga e’tibor qilish lozim bo‘ladi: transport vositalarini ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan faqatgina ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni, ichki ishlar xodimi ma’muriy ishni ko‘rib bo‘lib, ma’muriy jazo chorasini tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarganidan so‘ng, transport vositasi qo‘yib yuborilishi lozim bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Ikki murg‘ak qalb onasi bilan uyga kiritildi 20 sen, 18:00 16
  • M25 konida halok bo‘lganlarning yaqinlari: “Yigitlarni o‘limning og‘ziga olib borishgan” 20 sen, 17:30 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 16
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 13
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 14
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 9
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 14
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar