“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:42
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

28 okt, 18:00 2 085 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi O‘zbekiston hamda Turkiya o‘rtasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Turkiya mudofaa vaziri, general Xulusi Akar boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Mudofaa vazirligida qabul uyushtirilib, muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov va Xulusi Akar O‘zbekiston hamda Turkiya davlatlarini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab turuvchi jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Dini, tili, tarixiy urf-odatlari bir bu ikki xalqning do‘stona munosabatlari bundan keyin ham yanada mustahkamlanib borishiga ishonch bildirishdi.

Muzokara davomida mudofaa vazirlari davlat rahbarlarining O‘zbekistonga va Turkiyaga amaliy tashriflari davomida erishilgan natijalarga, shuningdek harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, istiqboliga ham alohida e’tibor qaratishdi.

Muzokaralardan so‘ng ikki davlat Mudofaa vazirligi rahbarlari hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 260
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 112
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 156
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar