“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:22
ЎЗO‘Z

O‘qishni boshlash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati OTMning o‘zida qoldirilishi mumkin

28 okt, 00:05 2 156 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘qishni boshlash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati OTMning o‘zida qoldirilishi mumkin 2020-2021 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichida o‘qishni onlayn yoki an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati oliy ta’lim muassasalarining o‘zida qoldirilishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidagi manbaga asoslanib, Kun.uz xabar bermoqda.

«Hozirgi vaziyat mutasaddilardan o‘ta ehtiyotkorlikni talab qiladi. Avvalo qabul qilinadigan qaror qanday natijalarni keltirib chiqarishini turli talqinlarda ko‘rib chiqish kerak. Hozir o‘ylamasdan qaror qabul qilib yuborilsa-yu, bu odamlar orasida kasallik ko‘payib ketishiga olib kelsa, keyin buni hech kim to‘xtata olmaydi.

Umuman, oliy ta’lim sohasini maktabgacha ta’lim yoki umumiy o‘rta ta’lim tizimi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bizda vaziyat xavfliroq.

Bilishimcha, bakalavriat va magistratura bosqichida o‘qishni onlayn yoki an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati oliy ta’lim muassasalarining o‘zida qoldirilishi ham mumkin. Bunda OTM qaysi ta’lim yo‘nalishida o‘qishni onlayn davom ettirish yoki an’anaviy tarzda boshlash qarorini qabul qiladi. Masalan, talabalarga tarix fani bo‘yicha mavzularni masofaviy ham o‘qitsa bo‘ladi yoki tibbiyot yo‘nalishida an’anaviyga qaytish kerak, degandek.

Ikkinchidan, ota-onalar va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ham tayyor bo‘lgan. Ko‘rgan bo‘lsangiz, u yerda ishtirokchilar an’anaviy darslarni ko‘proq xohlashyapti. Bu borada shu hafta yakuniy qaror qabul qilinadi
», dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili.

Vazirlik axborot xizmati xodimi Bahriddin Shayvaliyev esa 2 noyabrdan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy darslar boshlanishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«O‘qishni qaysi shaklda boshlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma o‘z yakuniga yetdi va yakuniy qaror tez orada e’lon qilinadi.
Oliy ta’lim muassasalarida 2 noyabrdan boshlab an’anaviy darslar boshlanishi bo‘yicha tarqalayotgan xabarlar yolg‘ondan boshqa narsa emas. Hozir istagan odam Telegram messenjerida kanal ochyapti va uni ommalashtirish uchun istagan xabarini e’lon qilyapti. Qanday qaror qabul qilinganda ham talabalarga tayyorgarlik uchun ma’lum vaqt beriladi
», – dedi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 70
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 342
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar