“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:19
ЎЗO‘Z

Savol hamon muallaq: pandemiya — kimga aza, kimga maz-za?!

27 okt, 16:16 2 225 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Savol hamon muallaq: pandemiya — kimga aza, kimga maz-za?! Bugunni nega «sinovli kunlar» deyapmiz? Javob oddiy: ayni davrdagi mashaqqatlar millatning irodasi va ma’naviyati nechog‘lii ekanini ko‘rsatuvchi barometr vazifasini ham bajaryapti-da.

Besh barmoq barobarmas, to‘g‘ri. Bugun borini boshqalar bilan baham ko‘rayotganlar oz emas, imkoniyatdan foydalanib qolishga urinayotganlar ham yetarli. Hammaga insof bersinku-ya, biroq koronavirusga duch kelib, hayoti xavf ostida qolgan bemorlarning ahvolidan foydalanib qolishga urinayotganlarni hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi. Bu gap mazkur baloni daf etishga ajratilgan mablag‘larni armonsiz o‘marayotganlarga ham, zarur dori-darmonlar narxini osmonga chiqarib yuborayotganlarga ham birdek tegishli.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mahkama huzuridagi Departament xodimlari bugungi sinovli paytda moddiy boylik orttirish maqsadida jinoyatga qo‘l urayotgan shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘ymoqda.

Jumladan, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro A. H. boshqalar bilan til biriktirgan holda dori vositalari narxlarini sun’iy ravishda oshirib, mo‘may daromad olay-olay deb turishganda «ishning beliga tepishdi». Ya’nikim, ular hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 500 dona «Propinem 100 mg» dori vositasining har donasini 90 ming so‘mdan hisoblab, 45 mln. so‘mga, 1000 dona «Meropenem 1ml flakonda»ni esa har donasini 50 ming so‘mdan jami 50 mln. so‘mga, 300 quti «Bisiklol 25 mg»ning har qutisini 265 ming so‘mdan hisoblab, jami 79,5 mln. so‘mga sotishayotgan paytda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda esa fuqaro A. Yu. «Indvir» 100 ml. dori vositasining har qutisini 100 AQSH dollaridan «narxlab», 100 qutisini 10.000 AQSH dollariga sotayotganda ushlandi. Tadbirda A.Yu.dan jami 108 quti «Indvir» dorisi ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yilgan.

Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari ham chakki natija qilishmadi. Ular o‘tkazgan tezkor tadbirda F. A. va boshqalarning pandemiya paytida talab yuqori bo‘lgan «Remdesevir 100 mg» dori vositasini katta pulga sotishining oldi olindi. Ular xorijda ishlab chiqarilgan 85 quti «Remdesevir 100 mg»ning har qutisini 750 ming so‘mdan hisoblab, jami 6.200 AQSH dollariga bir fuqaroga sotayotgan paytda tuzoqqa tushishdi. Bundan tashqari ularning biriga tegishli «Lasetti» avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda yana 135 quti «Remdesevir 100 mg» dori vositasi (jami taxminiy qiymati 165 mln. so‘mlik) dori vositasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 230
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar