“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:27
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilmoqda

24 okt, 00:10 3 769 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva O‘zbekistonda COVID-19 bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilayotganini ma’lum qildi.

«COVID-19 bu — yangi infeksiya. Organizmda bu virusga qarshi antitana ishlab chiqariladi. Ammo antitanalar qanchalik chidamli, qayta zararlanish mumkinmi va bu holat qancha muddat davomida yuz berishi aniq emas. Bugungi kunda respublikamizda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari ham mavjud. Biz qayta zararlanish holatlari kuzatilishi mumkinligiga ilmiy tomonlama amin bo‘lishimiz lozim», — deydi Nargiza Nurullayeva.

Sentabr oxirlarida O‘zbekistonning bosh sanitar inspektori va Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasi bilan qaytadan kasallanish masalasida aholi tomonidan berilayotgan savollarga javob qaytarib, «bu epidemik mavsumda COVID-19 bilan qayta kasallanish ehtimoli yo‘q»ligini aytgandi.

O‘shanda Otabekov dunyoda COVID-19 yoppasiga qaytadan hammada qayd etilishi to‘g‘risida bironta ham asoslangan ilmiy ma’lumot yo‘qligini ta’kidlagandi.

Shuningdek, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasining bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Muhayyo Asilova ham avgust oyining boshlarida O‘zbekistonda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlarning qayta kasallanishi holatlari kuzatilmaganini ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 58
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 41
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 59
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 67
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar