“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 17:28
ЎЗO‘Z

MIB: To‘raqo‘rg‘onda yana bir oilaga quvonch qaytdi

12 okt, 16:36 2 546 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB: To‘raqo‘rg‘onda yana bir oilaga quvonch qaytdi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan voyaga yetmagan farzandlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish, moddiy ta’minoti uchun belgilangan aliment mablag‘larini undirish hamda oilalarni yarashtirish borasida muhim chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.
To‘raqo‘rg‘on tumanining Kumidon mahallasida yashovchi Nurmuhammad Maftuna bilan yaxshi niyatda oila qurishgandi.

Nima bo‘ldiyu, ularning murosalariga darz ketdi. Oila ajrashib, Maftuna ikki farzandiga aliment undirishni so‘rab fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tuman sudiga murojaat qildi. Uning arizasi qondirildi va aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga kelib tushdi.

Byuroning tuman bo‘limi, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida har ikki tomonga oilaning muqaddas ekanligi, o‘rtadagi ikki farzandning ota mehriga zor bo‘lishi ularning kelgusi hayotiga salbiy ta’sirini o‘tkazishi to‘g‘risidagi suhbat ishni ijobiy tomonga surib yubordi. Yoshlar yarashib, bugungi kunda o‘zlari peshona teri evaziga qurib olgan mo‘’jazgina hovlida yashashmoqda.

Bugungi kunda byuroning tuman bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari sudlarning aynan aliment bilan bog‘liq ijro ishlari ijrosini ta’minlash, voyaga yetmagan farzandlar moddiy ta’minoti uchun belgilangan aliment mablag‘larini undirishga asosiy e’tiborda. Har bir ijrochi tomonidan shu yo‘nalishdagi ijro hujjatlari ijrosi doirasida tushuntirishlar olib borilmoqda.

- Yil boshidan beri 80 ga yaqin oilani yarashtirishga erishdik, - deydi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abbosxon Siddiqov. – Biz aliment undirishni shunday savobli ishga almashtirayotganimizdan xursandmiz. Asosiysi, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan aliment mablag‘larini undirish va oilalarni yarashtirish doimo e’tiborda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 0
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 252
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 0
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 0
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 43
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Bo‘limlar