“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:06
ЎЗO‘Z

Koronavirusga gumon qilinganda o‘pkani kompyuter tomogrammasi qilish kerak emas

09 okt, 18:00 3 295 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga gumon qilinganda o‘pkani kompyuter tomogrammasi qilish kerak emas Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Ubaydullayeva Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan uyushtirilgan suhbatda koronavirusga gumon qilinganda o‘pkani multispiral kompyuter tomogrammasi qilish, uning organizmga zarari haqida gapirdi.

– Koronavirusga gumon qilinganda o‘pkani multispiral kompyuter tomogrammasi qilish qanchalik muhim, uning organizmga zararli tomonlari yo‘qmi?
– Koronavirusga gumon qilinganlar kasallik alomatlari paydo bo‘lganining birinchi kunidan o‘z oilaviy shifokorlariga murojaat qilishi kerak. Shifokorlar bemorning shikoyati, umumiy ko‘ruvi, epidemiologik anamnezidan kelib chiqqan holda kasallikni tasdiqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlar buyuradi. Bunday holatlarda nafaqat koronavirusga gumon qilinganlar, balki inson o‘zida qandaydir kasallik alomatini sezishi bilan, birinchi kunlardanoq murojaat etishlari kerak.

Endi multispiral kompyuter tomogrammasiga kelsak, biz unutmasligimiz kerak, bu inson organizmiga qandaydir miqdorda bo‘lsa ham nurlanish beradi, to‘g‘ri u nurlanish dozasi nazorat etiladi, lekin qayta-qayta MSKTga tushish ham xavfli. Ayniqsa, agarda kasallikni ilk kunlarida MSKTga tushsangiz unda deyarli o‘zgarish kuzatilmasa, keyin aniq kasallik alomatlari kuchayganidan so‘ng, bir yoki ikki hafta oralig‘ida MSKTga yana tushishingiz kerak bo‘ladi. Bunday holatlarda nurlanish ko‘payadi, imkon qadar MSKTga qayta tushish uchun orada kamida ikki oy o‘tishi lozim.

MSKTni maqsadli qo‘llash borasida gaplashadigan bo‘lsak, bunda koronavirusning organizmga ta’sirini va kasallik kechishi jarayonini gapirish bilan tushuntirib beraman. Koronavirus o‘pkani jarohatlashni kasallikning ilk kunlaridan boshlaydi. Tashxis qo‘yish uchun kasallikning birinchi kunlarida MSKTni o‘tkazish mumkin. Lekin bu jarayonda hali kasallikning ilk kunlari bo‘lgani bois, o‘pkaning fibroz jarohatlanishi kuzatilmagan bo‘ladi. Aytib o‘tganimizdek, faqatgina virusli yallig‘lanish jarayoni namoyon bo‘ladi, xolos.

Nima uchun, buni to‘liq gapirmoqdaman, sababi, ko‘pgina yurtdoshlarimiz shifokorga murojaat etmasdanoq kasallikning ilk kunlarida MSKTdan o‘zlari mustaqil o‘tadilar, MSKTda fibroz jarohatlanish degan yozuvni ko‘rmaydilar va menda jarohatlanish yo‘q ekan degan yanglish fikr bilan, hattoki shifokorga ham bormay qo‘yadilar va o‘z immunitetim bilan tuzalib ketaman degan fikr bilan davolanmaydilar ham.

Koronavirus shunchalik ayyor viruski, u birinchi 5-7 kun shamollash alomatini oladi, shu davrda unchalik kuchli belgilarni yuzaga chiqarmaydi, tana harorati bir yoki ikki marta 38 darajadan yuqori bo‘ladi, bir yoki 2-3 kun diareya kuzatiladi, 4, 5, 6 kunlar insonda kasallik alomatlari yo‘qolayotgandek bo‘ladi. Aynan 7-10 kunlarda yashirin autoimmun jarayon boshlanadi. Unda yo‘tal paydo bo‘ladi va u kun sayin kuchayib boradi, hansirash qo‘shiladi, ba’zilarda birdaniga tana harorati 39 va 40 darajagacha ko‘tarilmoqda, holsizlik va mushaklar, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar kuchayib boradi.

Shunday holatda MSKT tekshiruvi juda muhim, aynan shu davrda qon quyulish elementlarini o‘rganish juda muhim. Ya’ni, qonning umumiy tahlili, biokimyoviy tahlili va peshob, kerak bo‘lsa, axlatning umumiy tahlillarini o‘tkazish kerak. Ushbu tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, qon suyultiruvchi dori vositalari, glyukokortikosteroidlar, antibiotiklarni qo‘llash mumkin.

Ko‘rib turibsizki, kasallikning aynan 7-10 kunlarida o‘pkada fibroz jarohatlanishlar ko‘rinar ekan. Shu bois, MSTKga kasallikni birinchi alomatlari paydo bo‘lgan davrda borib, ham mablag‘ ketkazib, ham vaqtni ketkazib, keyin esa yanglish xulosalar bilan o‘z ahvolingizni yomonlashtirmang. Kasallikni birinchi alomatlari boshlanishi bilan oilaviy shifokoringizga murojaat eting, ularning tavsiyalariga ko‘ra, o‘z vaqtida dori vositalarini qabul qiling, tekshiruvlardan o‘ting.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar