“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:26
ЎЗO‘Z

“Davlat tilini rivojlantirishning huquqiy jihatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

08 okt, 23:42 2 083 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Davlat tilini rivojlantirishning huquqiy jihatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.

O‘zbekistonda 1989 yil 21 oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo‘yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan 2020 yil 16 sentabrda tasdiqlangan Adliya organlari va muassasalarida «O‘zbek tili oyligi»ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan 2020 yil 7 oktabr kuni “Davlat tilini rivojlantirishning huquqiy jihatlari” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Adliya vazirligi, Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi vakillari ma’ruza qildilar.

Davra suhbati doirasida o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yanada oshirish, uning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanishi masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda «Davlat tili haqida»gi qonunni bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirish zarurati, qonun hujjatlaridagi davlat tili bilan bog‘liq muammolar, davlat tili masalalarini takomillashtirishda huquq va tilning integratsiyasini ta’minlashdagi dolzarb vazifalar, reklama faoliyatida mazkur qonun talablariga rioya etilishi va davlat tilini rivojlantirishning huquqiy masalalari muhokama etiladi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bir nechta mavzuga doir fikr-mulohaza va muammolar ko‘tarildi. Jumladan, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tiliga o‘tish to‘g‘risidagi qonunga yigirma yetti yil to‘lgan bo‘lsa-da, hamon davlat idoralari ikki xil ish uslubi, lotin va kirill yozuviga asoslangan o‘zbek tilidan foydalanayotgani, bir to‘xtamga kelib, barcha idoralarda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili joriy qilinishi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, o‘zbek tilini xorijliklarga zamonaviy uslubda mutaxassislarni jalb qilgan holda treninglar tashkil etish masalalari ham ko‘tarildi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan qator takliflar ishlab chiqilib, bu boradagi ishlarni kelgusida hamkorlikda davom ettirishga kelishib olindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 19
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 92
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 140
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar