“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:47
ЎЗO‘Z

Xayrullo Bozorov birinchi tashrifi davomida So‘x tumanidagi to‘yda qatnashdi (foto)

02 okt, 11:03 3 494 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xayrullo Bozorov birinchi tashrifi davomida So‘x tumanidagi to‘yda qatnashdi (foto) Foto: «Daryo»
Farg‘onaning yangi hokimi Xayrullo Bozorov So‘x tumaniga birinchi tashrifi chog‘ida kelin-kuyovni uchratib qoldi va yangi oilaga televizor sovg‘a qildi, deya xabar berdi «Daryo» nashri.

Ma’lumot berilishicha, 1 oktabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov So‘x tumanida bo‘lib, aholining yashash tarzi bilan tanishgan. Tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirgan.

Foto: «Daryo»
Viloyatning yangi rahbari Chashma bulog‘iga borib, aholi bilan uchrashgan. Shu yerda buloqni ziyorat qilishga kelgan kelin-kuyovni uchratgan va ular bilan suhbatlashgan. Yoshlarga baxt tilab, to‘yona sifatida televizor sovg‘a qilgan.

Foto: «Daryo»
Xayrullo Bozorov tumanga tashrifi davomida So‘xda yangi ishlab chiqarish korxonalari hamda dam olish maskanlari tashkil etilishini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, So‘x tumanida 7 ta besh qavatli uy, 260 o‘rinli zamonaviy maktab hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun binolar qurilmoqda. Aholining ehtiyojini inobatga olib, hududda yana ikkita zamonaviy besh qavatli uy qurilishi dasturga kiritilgan. Viloyat hokimi ishtirokida mazkur uylarning ilk g‘ishti qo‘yilgan.

Foto: «Daryo»
Tumanning Qayroq massivida foydalanilmayotgan 1500 gektar yerda Prezident qarori bilan «Qayroq» nasos stansiyasi qurilmoqda. Mazkur nasos stansiya qurilishi uchun davlat budjetidan qariyb 92 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni damda qurilish va montaj ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Jarayonni ko‘zdan kechirgan viloyat rahbari bu yerda ishlayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashgan, nasos stansiyasining loyihasi bilan tanishgan.

Foto: «Daryo»
Shuningdek, Xayrullo Bozorov «So‘x namunasi» tikuv fabrikasi faoliyati bilan ham tanishgan. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlarini ko‘zdan kechirgan viloyat hokimi fabrika faoliyatini kengaytirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish va chet davlatlarga eksport qilish zarurligini ta’kidlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 0
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 42
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar