“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:05
ЎЗO‘Z

Nafas yo‘llari kasalliklari bilan koronavirus alomatlarini qanday farqlasa bo‘ladi?

01 okt, 17:30 4 053 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nafas yo‘llari kasalliklari bilan koronavirus alomatlarini qanday farqlasa bo‘ladi? Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tibbiyot fanlari doktori, professor Shavkat Omonov bilan suhbat uyushtirdi.

– Kuz-qish fasli tomoq, burun va quloqda shikoyatlar ko‘payadigan mavsum hisoblanadi. Koronavirus xavfi bois ko‘pchilik tomoq og‘rig‘ini ham koronavirus alomati, deb shubha qilishmoqda. Odatdagi tomoq og‘rig‘i bilan koronavirus o‘rtasida qanday farqli belgilar bor?
– Albatta, kuz va qish fasllari LOR xastaliklarining o‘tkir rivojlanishi yoki surunkali shakllarining xuruj qilish davri hisoblanadi. Ma’lumki, koronovirus infeksiyasining asosiy kirish darvozasi sifatida yuqori nafas yo‘llari qaralmoqda. Shu bois burunning achishishi, tomoqdagi noxushlik hissi, hid bilishning pasayishi kuzatilganda odamlar koronavirusga shubha qilishmoqda. Ma’lum bir jihatdan bunda asos bor. Chunki, epidemiologik vaziyat shuni taqozo qilmoqda.

Bemorlarda uchraydigan o‘tkir respirator shamollash, faringit, angina va rinitlar ham shunga o‘xshash namoyon bo‘ladi. Biroq qiyosiy ajratuvchi belgilarni sinchiklab farqlash mumkin. O‘tkir virusli infeksiyalar, anginalar va faringitlar, odatda, yuqori tana harorati bilan boshlanadi. Angina va faringitlarda tomoqda og‘riq, ko‘rilganda esa kuchli qizarish alomatlari bo‘ladi, koronavirusda esa biroz noxushlik va yengil qirilish bo‘ladi, yallig‘lanishning alomatlari kam namoyon bo‘ladi.

Virusli o‘tkir tumovlarda burundan nafas olish qiyinlashadi, ajralma keladi va biroz hid bilish pasayadi (giposmiya), koronovirusda esa burun yo‘llarida ajralma bo‘lmasdan turib hid bilish yo‘qoladi (anosmiya). Biroq LOR a’zolari kasalliklari bilan koronavirusning birgalikda kelish ehtimoli mavjudligini unutmaslik kerak.

– Aytingchi, gaymorit aslida qanday sabablar oqibatida yuzaga keladi. Dastlabki belgilari, davolash usullari va oldini olish borasida o‘z tavsiyalaringizni bersangiz.
– Gaymorit – burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklari orasida eng ko‘p uchraydi. Gaymoritning rivojlanishiga bir nechta omillar sabab bo‘ladi. Insonning mahalliy yoki umumiy sovqotishi, immunitetning pasayishi, burunning ichki o‘zgarishlari, gaymor bo‘shlig‘ining tishlar bilan bog‘liqligi va uning tabiiy teshigining yaxshi faoliyat ko‘rsatmasligi kabi holatlar shular jumlasidan.

Gaymorit o‘tkir yoki surunkali, bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Gaymoritning o‘tkir va surunkali turlarini, ayniqsa, bolalarda farqlash qiyin hisoblanadi. Chunki bola, ko‘pincha, o‘z xastaligini yashiradi va shikoyat qilmaydi. Nurli tekshirishlarda gaymor bo‘shlig‘ida kista, polip yoki odontogen hosilalar ko‘rinsa, bu holat surunkali hisoblanadi.

Odatda, yallig‘langan bo‘shliq sohasida mahalliy og‘riq, burundan nafas olish qiyinligi, bosh og‘rishi, harorat ko‘tarilishi kuzatiladi. Asoratlanmagan o‘tkir va surunkali gaymoritlar dori vositalari va muolajalar (antibiotiklar, yallig‘lanishga karshi dorilar, burunni yuvish, bo‘shliqni punksiya qilish, fizioterapevtik muolajalar) bilan davolanadi.

Gaymoritlarning profilaktikasi immun holatni ko‘tarish, organizmni chiniqtirish, tishlar kariyesini o‘z vaqtida davolash, burun ichi patologiyasini o‘z vaqtida bartaraf etishni o‘z ichiga oladi.

– Gaymorit kasalligining qaysi bosqichida jarrohlik bilan davolanadi?
– Gaymoritlarning asoratlangan, polipli, kistali, xolesteatomali, odontogen turlarida jarrohlik o‘tqaziladi. Jarrohlik amaliyoti gaymor yoki yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini tozalash va uning tabiiy teshigi faoliyatini yaxshilashga qaratiladi. Operatsiyadan keyingi davrda bemor o‘zini ehtiyot qilmasa, shifokorning tavsiyalarini to‘liq bajarmasa, mazkur kasallik qayta rivojlanishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 260
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 112
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 156
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar