“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:07
ЎЗO‘Z

Koronavirus buyumlar sirtida necha kungacha yashab qoladi?

30 sen, 14:53 2 442 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus buyumlar sirtida necha kungacha yashab qoladi? Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda muhim savollarga javob qaytarildi.

Uyda davolanayotgan bemor uyni tark etsa, o‘sha uyda necha kungacha koronavirus yashaydi? Infeksiyani yo‘q qilish uchin qanday dezinfeksiya qilish mumkin?
Ilmiy tadqiqodlar shuni ko‘rsatdiki, koronavirusning narsa-buyumlar sirtida, yuza qismlarda o‘rtacha yashash davri 2 soatdan 8-10 kungacha.
Kasallik aniqlangan uyda dezinfeksiya tadbirlarini tashkillashtirish zarur. Bu borada kasallik aniqlangan uyda hududiy sanepidxizmat xodimlari tomonidan ma’lumot dezinfeksiya brigadalariga yetkaziladi va ular tomonidan o‘choqli dezinfeksiya tadbirlar amalga oshiriladi.

Qolaversa, xonadonda yashovchilar o‘zlari ham uy sharoitida dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazishi mumkin. Dezinfeksiya deyilganda nafaqat xlorli vositalar, balki xonalarni tez-tez shamollatish, nam tozalov ishlarini olib borish tavsiya etiladi. Albatta bunday tadbirlarni o‘tkazishda shaxsiy himoyaga e’tibor berilishi zarur.

Covid-19 bilan kasallangan bemor uyda davolansa va uning oila azolariga 2-5 kun farqida kasallik yuqsa, birinchi bemor tuzala boshlaganda boshqa bemorlardan masofa saqlab yakkalanishi shartmi?
Kasallikka chalinib uy sharoitida davolanayotgan bemorlar avvalambor o‘zlarini qolgan oila a’zolaridan izolyatsiya qilishlari tavsiya etiladi.

Agarda kasallik boshqa oila azolariga yuqtirilgan bo‘lsa, davolanayotgan ya’ni tuzalayotgan bemorning organizmida antitanachalar hosil bo‘ladi. Bunda masofa saqlash shart bo‘lmaydi, ya’ni bemorda birlamchi immunitet hosil bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar