“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 23:04
ЎЗO‘Z

Endilikda yerlarni ikkilamchi ijaraga berish mumkin bo‘ladi

30 sen, 12:16 2 257 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endilikda yerlarni ikkilamchi ijaraga berish mumkin bo‘ladi Foto: «Xabar.uz»
«Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–639, 29.09.2020 y) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qonun bilan Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish mumkin.
Bunda, ushbu toifadagi yerlar 1 yilgacha muddatga ikkilamchi ijaraga beriladi.

Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yoki o‘rmon fondi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish taraflarning kelishuviga ko‘ra, lekin yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasining muddatidan ilgari bekor qilinishi ikkilamchi ijara shartnomasining ham bekor qilinishiga sabab bo‘ladi (shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa).

Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas.

«Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari qishloq xo‘jalik ekinlarini oraliq ekish uchun 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin.

«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, dehqon xo‘jaliklari o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalarini yoki uning bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish maqsadida vaqtincha foydalanishga berishi mumkin.

Bunda, yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar