“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:53
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Bosh vaziri Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi

29 sen, 22:17 2 280 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Bosh vaziri Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hukumatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga qabul uchun minnatdorlik izhor etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.

Emomali Rahmon, o‘z navbatida, Davlatimiz rahbari nomiga o‘zining salomi va ezgu tilaklarini bildirib, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda hukumatlararo komissiya faoliyati muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa yetakchi sohalardagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Xususan, birgina O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, sentabr oyining o‘zida Dushanbe shahrida taniqli olimlar, tadqiqotchilar va yetakchi ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. O‘zbekiston – Tojikiston parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishchi yig‘ilishi o‘tkazildi. So‘g‘d viloyatining Spitamen tumanida O‘zbekiston tomonidan 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu qator sohalarni qamrab olgan tadbirlar o‘zaro aloqalarni mazmunan yanada boyitgani qayd etildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida mamlakatlarimiz hamkorligini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 252
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 82
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 140
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar