“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 23:01
ЎЗO‘Z

1-kurs talabalari uchun darslar qachon va qay tartibda boshlanishi ma’lum bo‘ldi

29 sen, 21:50 3 668 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1-kurs talabalari uchun darslar qachon va qay tartibda boshlanishi ma’lum bo‘ldi 2020/21 o‘quv yili uchun bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun darslar 12 oktabr, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqovga asoslanib, Kun.uz nashri xabar bermoqda.

«2020/21 o‘quv yilini masofaviy tarzda boshladik. Birinchi kurs o‘quvchilari bilan ham o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi. Farqli tomoni – rejamizga ko‘ra, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib bo‘linganidan keyin, 12 oktabrdan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida 3 kundan 2 haftagacha tanishuv darslari tashkil qilinadi.

Bu tanishuv darslari karantin qoidalariga to‘la amal qilingan holatda auditoriyaga 50 foizdan oshmagan talabalarni kiritib, karantin talablari asosida tashkil etiladi
», – dedi Abduvali Xoliqov 29 sentabrdagi matbuot anjumanida.

Ma’lum qilinishicha, talabalar turar-joylariga talabalar joyalashtirilmaydi. Uzoq hududlardan Toshkentdagi OTMlarga o‘qishga kirgan talabalar uchun o‘sha hududdagi OTMning moddiy texnik-bazasidan foydalangan holda hududdagi yoshlarni yig‘ib, tanishuv darslari tashkil etiladi.

Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, uzoq hududlarga Toshkent shahridagi OTMlar professor-o‘qituvchilari borib, tanishuv darslarini tashkil qiladi. Tanishuv darslari kuniga 2 paradan ortiq bo‘lmagan holda, paralar orasida 10 daqiqalik tanaffus bo‘lib, talabalar auditoriyani o‘zgartirmaydi.

«Bu darslarda yangi qabul qilingan talaba oliy ta’lim muassasasi va undagi o‘qituvchilar va dars jadvallari bilan tanishtiririladi. Bu yerda 1-kursga qabul qilingan talabalarning masofaviy ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantiramiz», – dedi Abduvali Xoliqov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 2
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 27
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 11
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 50
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 53
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 44
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 0
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 0
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 2
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 11
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 27
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 11
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 14
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 50
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 53
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 76
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 44
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 60
  • Bo‘limlar