“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:15
ЎЗO‘Z

Komil Allamjonov o‘zbek jurnalistikasidagi senzura va bosimlar haqida

28 sen, 16:26 1 970 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Komil Allamjonov o‘zbek jurnalistikasidagi senzura va bosimlar haqida Bugun, 28 sentabr kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni munosabati bilan xalqaro onlayn konferensiya o‘tkazilmoqda.

Konferensiyada so‘z olgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ayni paytda o‘zbek jurnalistikasidagi mavjud muammolarni va hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalarni sanadi.

«O‘zbekiston «qora ro‘yxat»dan chiqdi va «Chegara bilmas muxbirlar» matbuot erkinligi indeksidagi mavqeyini yaxshiladi: 2017 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda 13 o‘ringa yuqoriladi.

Lekin muammolar yo‘qmi? Albatta, bor. Jurnalist yoki blogerda qo‘rquv yo‘qmi? Albatta, bu ham bor. Aks holda, natija bundan ham yaxshi bo‘lishi mumkin edi
», deya ta’kidladi Komil Allamjonov.

U ma’lum doiradagi shaxslarning senzurasi, jurnalistlar va blogerlarning o‘zini senzura qilishi, davlat xodimlarining tahdidlari yoki bosimi kabi holatlar haligacha borligi va ularga qarshi kurashilayotgani, takliflar berilayotganini qayd etib o‘tdi.

«Shu kunlarda prezident topshirig‘i bilan yana bir muhim hujjat, ya’ni ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish va jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun chiqishi kerak.

Biz hali ham yo‘lning boshida ekanligimizni va bu yo‘lda xato va kamchiliklar bo‘lishini tushunamiz. OAVni liberallashtirish boshlangani vaqtinchalik o‘zgarish emas, balki prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi. Bu – eng muhimi
», dedi u.

Fond Vasiylik kengashi raisi har bir fuqaroning axborotdan erkin foydalanish huquqi mamlakat Konstitutsiyasida belgilab berilgani, lekin ko‘p yillar davomida bu huquq ham amalga oshirilmay kelganini aytib o‘tdi.

«Endi vaziyat o‘zgardi. Bu vaziyat siyosiy ahvolga emas, balki odamzod boshiga kelgan pandemiya tufayli ham yangi darajaga ko‘tarilishi va yondashuv xam mutlaq o‘zgarishi kerak. Bu masala odamlar hayoti xavfsizligidir. Shunday ekan, axborot erkin bo‘lishi, o‘z vaqtida har bir fuqaro undan xohlaganicha foydalana olishi kerak. Barcha mas’ullarni ushbu masalaga jiddiy yondashishga chaqiraman. O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari oldida esa aholining qo‘lga kiritilgan ishonchini yo‘qotmaslik kabi muhim vazifa turibdi», deya qayd etdi Komil Allamjonov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 161
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 309
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 93
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar