“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:27
ЎЗO‘Z

DXX tomonidan giyohvand moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

28 sen, 16:56 2 240 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX tomonidan giyohvand moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi DXX xodimlarining Bojxona qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida poytaxtda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, tezkor tadbir davomida Toshkent shahrida yashovchi fuqarolar ushlanib, ulardan mamlakatga xalqaro pochta jo‘natmalari orqali kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan va poytaxt hududida sotilishi lozim bo‘lgan 160 gr. ga yaqin “kokain” giyohvand moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi. O‘zining moddiy manfaatlarini o‘zga insonlar sog‘lig‘i va hayotidan ustun qo‘yadigan ushbu kimsalar kokain moddasining 1 grammini 300-350 AQSH dollardan sotishni rejalashtirishgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir natijasida 1976 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, ayni paytda Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi A.T. to‘xtatib tekshirilganda, uning yonida 117 gr. “opiy” va 116 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida u mazkur giyohvand moddalarni 1965 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Denov shahrida yashovchi A.O.dan olganligi ma’lum bo‘lib, u ham Toshkent shahrida protsessual tarzda ushlandi va uning yonidan 5 gr. “opiy” moddasi olindi.

DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Yangiqo‘rg‘on tumani «Qizilyozi» MFYda yashovchi, 1952 y.t., muqaddam ikki marotaba sudlangan S.Q. boshqaruvidagi “Tiko” rusumli avtomashina tekshirilganda, uning yukxonasida 1085 gr. “gashish” giyohvand moddasi borligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, u Yangiqo‘rg‘on tumani Zarkent qishlog‘i “Madaniyat” MFY hududidan o‘tgan davlat chegarasi yaqinida qirg‘izistonlik “Aqilbek” ismli shaxsdan ushbu giyohvandlik vositalarini qabul qilib olgan va Namangan shahrida sotishni rejalashtirgan.

DXX xodimlarining viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Namangan shahriga kirishda “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1981 y.t., Namangan shahrida yashovchi T.T.ning yonida 482 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

DXX Samarqand viloyati Boshqarmasi viloyat ichki ishlar va bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1986 yil Urgut tumanida tug‘ilgan Yo.B. hamda 1976 yil Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan A.R.ning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Ulardan 1 kg 300 gr “opiy” va 1 kg 490 gr “marixuana” moddalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 160 gr. ga yaqin “kokain”, 1 kg 422 gr. “opiy”, 1 kg 683 gr “gashish” va 1 kg 490 gr “marixuana” moddalari musodara qilindi.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 46
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar