“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:44
ЎЗO‘Z

Jamshid Qo‘chqorov: Kambag‘allikni odamlarga pul tarqatib qisqartirib bo‘lmaydi

25 sen, 21:36 2 450 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jamshid Qo‘chqorov: Kambag‘allikni odamlarga pul tarqatib qisqartirib bo‘lmaydi Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish omillari hamda 2020 yil oxiriga borib respublika bo‘yicha qancha oila ijtimoiy nafaqa olishi haqida ma’lumot berdi.

«2020 yilning yanvarigacha kambag‘allik ochiq-oydin tan olinmagandi. Kambag‘allikni odamlarga pul tarqatib qisqartirib bo‘lmaydi. Kambag‘allikni tadbirkorlikni, ta’limni, sog‘liqni saqlashni rivojlantirib qisqartirish mumkin.

Iqtisodiy taraqqiyot bir tomondan kambag‘allikni kamaytiradigan bo‘lsa, ikkinchi tomondan kamabag‘allikning ko‘payishi iqtisodiy taraqqiyotni pasaytiradi. Odamlarda sog‘liqni saqlashdan va ta’limdan yaxshi foydalanish imkoni bo‘lmaydigan bo‘lsa, ular borgan sari kambag‘allashadi va iqtisodiyotda talab kamayadi. Iqtisodiyot o‘zining yuqori malakali xodimlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplolmaydi va o‘sish pasayadi
», deya ta’kidlagan u.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yining boshida har oyda 552 ming oilaga moddiy yordam berilgan. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 774 ming, iyul oyida esa 876 mingga yetdi. Yil oxiriga borib ijtimoiy nafaqa berilgan oilalar soni 1 million 200 mingga yetishi ko‘zda tutilgan.

Dekabr oyigacha O‘zbekistondagi 8 million oilaning 15 foizi ijtimoiy nafaqa berish rejalashtirilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi har 4 oilaning bittasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa har 5 oiladan bittasi ijtimoiy nafaqa oluvchi bo‘ladi.

«Yil boshida Xorazm va Navoiy viloyatida yashovchi oilalarga 5 foiz ijtimoiy nafaqa berganmiz. Ammo Navoiy viloyati kambag‘allik darajasi bo‘yicha pastdan 3-o‘rinda turadi. Ekologik va boshqa sabablar tufayli ikki viloyatga bir xilda ijtimoiy yordam ajratilgan.

Pandemiya sababli bu xatoni tuzatishga to‘g‘ri keladi, ya’ni Xorazm viloyatining 17 foiziga ijtimoiy nafaqalar tarqatish ko‘zda tutilyapti
», dedi bosh vazir o‘rinbosari xalqaro press-klubning 25 sentabr kuni o‘tkazilgan sessiyasida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 0
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 1
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar