“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:06
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqt oralig‘i qayta ko‘rib chiqiladi

25 sen, 21:00 2 284 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqt oralig‘i qayta ko‘rib chiqiladi O‘zbekiston Prezidentining «Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda piyodalar o‘tish yo‘laklarida yo‘l-transport hodisalarining sonini keskin qisqartirish, shuningdek, aholining piyoda yurishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqtlari oralig‘ini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqadi.

Qayd etilishicha, vazirlik piyodalar o‘tish yo‘laklarida, shu jumladan, tartibga solinmagan serqatnov piyodalar o‘tish yo‘llarida maxsus yo‘lchiroq (svetofor)larni (maxsus tugmachalar orqali boshqariladigan) o‘rnatilishini, o‘tish joylarini (zebra) xalqaro tajribadan kelib chiqib innovatsion yondashuv asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.

Belgilanishicha:
- svetofor chiroqlarining vaqtlar oralig‘ini belgilashda piyodalar uchun ajratilgan vaqtni ustuvor etib belgilash;
- avtomobil harakati yuqori bo‘lgan va katta yo‘l kesishmalarida yerosti yoki yerusti o‘tish joylarini tashkil etilishi majburiy hisoblanadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Qurilish vazirligi 2021 yil 1 yanvarga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda avtomobil yo‘llari, aholi yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklarda zamonaviy «Salomatlik yo‘laklari», «Velosiped yo‘laklari», shuningdek, qishloq va mahallalarda hamda ko‘p qavatli aholi turar joylari hududlarida «Workout», badminton, voleybol va stritbol kabi sport maydonchalari hamda velosiped turargohlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Bunda, aholi yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklarda to‘siqlar, noqonuniy qurilish inshootlari, avtoturargohlar joylashtirilishini oldini olishga, shuningdek, ularni yorug‘, uzluksiz va ravon qurilishiga qat’iy e’tibor qaratiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar