“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:55
ЎЗO‘Z

Rossiya jamg‘armasi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 35 million doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

25 sen, 15:00 2 911 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya jamg‘armasi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 35 million doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi Foto: EPA
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF) va LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga 35 million doza «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda fond matbuot xizmatiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«O‘zbekistondagi nazorat organlari tomonidan ruxsat berilgach, 2020 yilda respublikaga 10 million dozagacha, 2021 yilda esa yana 25 million doza vaksina yetkazib berilishi mumkin», — deyiladi RTIF matbuot xizmati axborotida.

RTIF rahbari Kirill Dmitriyevning ta’kidlashicha, ushbu vaksinaning yetkazib berilishi bilan O‘zbekiston tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi kurashda «ilg‘or vosita»ga ega bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida uzoq muddatli immunitetni shakllantirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.

LAXISAM 1994 yilda asos solingan oilaviy kompaniya bo‘lib, 1995 yildan boshlab asosiy faoliyat yo‘nalishi farmatsevtika mahsulotlari importi hisoblanadi. 2012 yildan ishlab chiqarish faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan.

Korxona va tashkilotlarning yagona reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, LAXISAM kompaniyasiga Shavkat Anvarovich Alimuhamedov rahbarlik qiladi; kompaniyaning 46,20 foizi Maktuba Hidoyatovna Ismoilovaga, 26,90 foizi Sayyora Shavkatovna Ismoilova va 26,90 foizi Hilola Shavkatovna Hasanovaga tegishli.

LAXISAM muassisligida 2011 yilda LAXISAM Pharmaceuticals kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib (ushbu kompaniyaning 93,90 foizi LAXISAM’ning o‘ziga tegishli), unga Ahmad Toshmuhamedov rahbarlik qiladi. Kompaniyaning qolgan 6,10 foizlik ulushi Shavkat Ismoilovga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11 avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olgan. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi. Vaksina «Sputnik V» deb nomlangan.

Vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020 yil oktabr oyidan boshlanishini aytgandi.

Shuningdek, «Rospotrebnadzor»ning «Vektor» davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksina klinik sinovlarining ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 19
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 92
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 140
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar