“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:56
ЎЗO‘Z

Karantin qoidalari buzilganligi uchun avtomobilni jarima maydonida ushlab turish qonuniylashtiriladimi?

24 sen, 16:15 2 196 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin qoidalari buzilganligi uchun avtomobilni jarima maydonida ushlab turish qonuniylashtiriladimi? IIV tomonidan karantin qoidalari buzilganligi uchun transport vositalarini jarima maydonlarida ushlab turishni qonuniylashtirish bo‘yicha taklif kiritildi.

2020 yilning 23 sentabr kuni O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining siyosiy fraksiyasi yig‘ilishida Qonunchilik palatasiga Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev o‘z sahifasida ma’lum qilishicha, Kodeksning 291-moddasida qaysi turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun transport vositasini ushlab turish mumkinligi belgilangan bo‘lib, ushbu moddada ichki ishlar organlari tomonidan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish huquqbuzarligi uchun (MJtK 54-moddasi) transport vositasini ushlab turish nazarda tutilmagan.

Deputatning aytishicha, muhokamaga qo‘yilgan qonun loyihasida Kodeksning 291-moddasiga tegishli o‘zgartish kiritish mo‘ljallangan. Ya’ni, endilikda ushbu Kodeksning 54-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etib harakatlanayotgan haydovchilarning transport vositalarini vaqtincha ushlab turish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan jarima maydoniga joylashtirishni qonuniylashtirish taklif etilmoqda.

Eslatib o‘tish joiz, karantin davrida minglab transport vositalari karantin qoidalari buzilganligi uchun jarima maydonlarida ushlab turilgan va ushbu holat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga zid ekanligi tufayli jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 0
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 0
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 1
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 21
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar