“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 16:19
ЎЗO‘Z

Jizzaxda bosqinchilar ushlandi, ular orasida jabrlanuvchining sobiq kuyovi ham bo‘lgan

24 sen, 13:00 3 125 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda bosqinchilar ushlandi, ular orasida jabrlanuvchining sobiq kuyovi ham bo‘lgan Joriy yilning 12 sentabrga o‘tar kechasi soat 3:30larda Jizzax shahri Xalqobod mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan uy bekasi F.M.ning turar joyida bosqinchilik ro‘y berdi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 3 nafar niqob taqqan yigit jabrlanuvchi yashaydigan uy devoridan oshib kirib, F.M. hamda uning 1998 hamda 2017 yillarda tug‘ilgan qizlarini pichoq bilan qo‘rqitgan va pul talab qilganlar. Bu jarayonda bosqinchilar jabrlanuvchilarni urib, yuz va tanalariga jarohat yetkazishgan.

Ular uydagi temir seyfni buzish yo‘li bilan ochib, 207 ming AQSH dollari, 3 dona tilla bilakuzuk, 5 dona tilla uzuk, 2 dona tilla zirak, 2 dona tilla zanjirni olib chiqib ketishgan. Umuman olganda, F.M.ga yetkazilgan zarar 267 ming AQSH dollarini tashkil qildi.

Jabrlanuvchi bu to‘g‘rida ichki ishlar organlarini xabardor qilgach, tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi. Jumladan, pul va tilla buyumlar borligidan xabardor kishilarning jinoyat ro‘y bergan vaqtda qayerda bo‘lganligi aniqlandi. Tilla taqinchoqlari sotilishi mumkin bo‘lgan joylarga e’tibor qaratildi. Hududdagi videokameralar tasvirlari o‘rganilib, muqaddam sudlanganlar, jinoyatga moyil shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Bu kabi sa’y-harakatlar natijasida jinoyatni Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish dahasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1993 yilda tug‘ilgan S.X., xuddi shu manzilda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1994 yilda tug‘ilgan Sh.R., Toshkent shahri Sergeli tumani Quruvchilar dahasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.X., Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek QFYda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.A. hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ qo‘rg‘onida yashovchi, muqaddam sudlangan 1995 yilda tug‘ilgan A.U. sodir etganliklari aniqlandi.

Turar joyda pul va taqinchoqlar saqlanayotganligini jinoiy guruh a’zosi, 1996 yilda tug‘ilgan A.X. yaxshi bilgan. Chunki u jabrlanuvchining 1998 yilda tug‘ilgan qizi bilan bir muddat shar’iy nikoh asosida yashagan.

Ayni vaqtda ayblanuvchilar hibsga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 0
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 12
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • So'nggi yangiliklar
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 14
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 12
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 66
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 213
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 124
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 43
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 34
  • Bo‘limlar