“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:36
ЎЗO‘Z

Senat raisi: «Qonunlarimizda korrupsiogen holatlar mavjud»

23 sen, 21:48 2 284 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senat raisi: «Qonunlarimizda korrupsiogen holatlar mavjud» Foto: Senat matbuot xizmati
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston qonunchligidagi kamchiliklar haqida gapirib o‘tdi. U ilgari ishlab chiqilgan qonunlar hozirgi kun talabiga javob bermasligini qayd etgan.

«Parlamentning asosiy faoliyati tez qadamlar bilan ketayotgan islohotlarning qonuniy asoslarini yaratish va mustahkamlashdir. Yillar davomida ishlab chiqilgan qonunlar bugungi kun talabiga javob bermasligini ko‘rdik.

Qonunlarda ko‘plab korrupsiogen holatlar mavjud. Ularda islohotlarga to‘siq bo‘ladigan ko‘plab moddalar bor. Bularni bartaraf qilish bo‘yicha Oliy Majlisning ikki palatasi tomonidan ham tahliliy, ham qonunchilik ishlari amalga oshirilyapti
», dedi Norboyeva «O‘zbekiston-24» telekanaliga beragan intervyusida.

Senat raisi parlament oldida ijro hokimiyatining hisobdorligi oshganini ham qayd etib o‘tgan.

«Ilgari qonunlarda yozilsa ham, amalda bu narsa yo‘q edi. Ya’ni parlamentning hukumatni shakllantirishi, hukumatning uning oldida hisobdorligi masalasi. Lavozimiga loyiqmi, loyiq emasmi degan masala parlament a’zolarining diqqat markazida turibdi. Bosh vazirdan tortib barcha vazirlar lavozimiga tayinlanishida parlament muhokamasidan o‘tadi.

Ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni qay darajada bajarayotgani bo‘yicha quyi va yuqori palataga hisobot bermoqda. Agar lavozimiga loyiq bo‘lmasa, parlament buni bemalol ayta oladi. Hokimlar ham hududlardagi islohotlar qay darajada amalga oshirilayotgani bo‘yicha parlamentga hisobot beryapti
», dedi Tanzila Norboyeva.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar