“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:59
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda uyida kannabis parvarishlagan 63 yoshli fuqaroning faoliyatiga chek qo‘yildi

23 sen, 13:15 2 165 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda uyida kannabis parvarishlagan 63 yoshli fuqaroning faoliyatiga chek qo‘yildi 2020 yilning 11 sentabr kuni soat 19:00da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida, 63 yoshli A.G.ning yashash uyi hovlisi ko‘zdan kechirilganida, 2ta taxtadan yasalgan idishda, 2ta temir chelakka va 5ta yelim idishda hamda 1,5 kvadrat metr maydonida ekilgan jami 11 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklari, shuningdek ularning yonida yelim idishlarda 25 dona balandligi 2 sm.dan 12 sm.gacha bo‘lgan kannabis giyohvandlik o‘simligi nihollarini ekib parvarishlab kelayotganligi, shu bilan birga, 11 tup o‘simliklardan yulib olinib quritish uchun qog‘oz bo‘lagiga yoyib qo‘yilgan 5,1 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida A.G. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 36
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 47
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar