“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:36
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi «Yoshlik» arenasida tashkil etilgan 520 koykali Saralash markazi bemorlar bilan batamom to‘ldi

21 sen, 10:48 2 673 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi «Yoshlik» arenasida tashkil etilgan 520 koykali Saralash markazi bemorlar bilan batamom to‘ldi Toshkent shahrida koronavirusga chalingan yoki virusni yuqtirib olganlikda gumon qilingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan Saralash va taqsimlash markazlarida bo‘sh o‘rinlar soni tobora kamayib bormoqda. Bu haqda mutaxassislar bergan ma’lumotlarga asoslanib, 19 sentabr, shanba kuni «O‘zbekiston 24» telekanali xabar berdi.

Avgust oyi boshida Toshkentdagi «Paxtakor» stadioni yonida joylashgan «Yoshlik» sport arenasida 520 o‘rinli Saralash va taqsimlash markazi tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi. Markaz shifokorlaridan biri Shohrux O‘rolovning ta’kidlashicha, 19 sentabr holatiga ko‘ra markaz «kasallar bilan batamom to‘lib bo‘lgan, umuman joy qolmagan».

«Shu kunlarda qabulimizni yopishga ham to‘g‘ri kelyapti — bir kun qabul qilyapmiz, bir kun yopyapmiz», — deydi shifokor. Uning qo‘shimcha qilishicha, «Yoshlik»dagi markazga asosan isitmasi ko‘tarilgan, yo‘tal paydo bo‘lgan, bundan tashqari, turli xususiy klinikalarda MSKTda pnevmoniyasi aniqlangan bemorlar murojaat qilmoqda.

Markazga biriktirilgan tez yordam haydovchilaridan biri Baxtiyor Nishonboyevning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar soni «oldingiga qaraganda ko‘paygan». «Kechga tomon ko‘p bemor keladi. Ko‘proq yoshi kattalar kelyapti. To‘g‘ri, biz ularning xizmatidamiz, lekin odamlar o‘zini asragani yaxshi», — deydi haydovchi (avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari Toshkent shahrida tez yordamga qo‘ng‘iroqlar soni sezilarli ko‘payganini ma’lum qilgan edi).

«O‘zbekiston 24» telekanali muxbirining alohida qayd etishicha, bemorlarning bu markazga kelib qolishlari sababi bir xil: «Uyda o‘zboshimchalik bilan davolanib, ahvollari og‘irlashib qolganidan so‘ng shifokorga murojaat qilgan». Markazning boshqa bir shifokori Bahrom Allayorov ham muxbirning bu so‘zlarini bemorlardan biri misolida tasdiqlab, ahvolining og‘irlashganiga bemorning o‘zini aybdor qilib ko‘rsatgan.

«Bu kishi kasallik belgilari paydo bo‘lganidan keyin ham uy sharoitida davolanishga harakat qilgan. Oqibatda ahvoli og‘irlashgan, shu bois markazimizga murojaat qilib kelgan. Davo muolajalarini boshladik. Bu kasallik yosh-u qarini tanlamaydi. Kimki karantin qoidalariga amal qilmay, sustkashlikka yo‘l qo‘ysa, kasallikni yuqtirib oladigan bo‘lsa, mana shunday og‘ir asoratlarga, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin», — degan shifokor Allayorov.

Avvalroq iyul oyi oxirida Toshkentda shahar hokimligi tomonidan «O‘zekspomarkaz»ning 3-pavilonida 1000 o‘rinli, Mudofaa vazirligi tomonidan «O‘zekspomarkaz»ning 1—2-pavilonlarida 814 o‘rinli, DXX tomonidan «Yoshlik» sport arenasida 520 o‘rinli, IIV tomonidan Yunusoboddagi Universal sport saroyi (Gimnastika majmuasi)da 750 o‘rinli Saralash va taqsimlash markazlari tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Bundan tashqari, Sergelidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi bazasida 250 o‘rinli va Uchtepa tumanidagi Atlas savdo majmuasi negizida 1004 o‘rinli saralash markazlari tashkil etilayotgani haqida xabar berilgan edi. Shu kabi saralash va taqsimlash markazlari O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham ko‘rgazma zallari va sport majmualari hududida tashkil etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar