“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 05:33
ЎЗO‘Z

Parkent hokimligi hokimning o‘g‘liga tegishli firmadan 260 mln so‘mga Captiva sotib olgani ma’lum bo‘ldi

21 sen, 10:10 2 803 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Parkent hokimligi hokimning o‘g‘liga tegishli firmadan 260 mln so‘mga Captiva sotib olgani ma’lum bo‘ldi Parkent tumani hokimligi hokimning o‘g‘li tomonidan ta’sis qilingan firmadan Captiva avtomobilini sotib olgan. Bu haqda dastlab 19 sentabr kuni Telegram’dagi @davletovuz kanali ma’lumot berdi, keyinroq bu ma’lumotni Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov tasdiqladi.

@davletovuz’ning Davlat xaridlari portalidagi ochiq ma’lumotlarga tayanib yozishicha, Parkent tumani hokimligi 14 sentabr kuni zaxira budjetdan 269 million so‘m ajratib, Mega Karer kompaniyasidan 260 million so‘mga 2018 yilda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan Captiva sotib olgan. «Pandemiya davrida budjet ikki-uch marta optimallashtirilayotgan bir paytda tuman hokimligi rahbariyatining Captiva mingisi kelib qolibdi», — deb vaziyatga munosabat bildirgan kanal.

Parkent tumani hokimligida mol yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarni tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan komissiya yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma.
Skrinshot: «DXarid.UzEX.uz»

Ayni vaqtda Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga asoslanib, @davletovuz hokimlikka Captiva sotgan firmaning eng katta ulushga ega ta’sischisi ismi-sharifi Sardor Nig‘matovich Isroilov, Parkent tumani hokimining ismi-sharifi esa Nig‘mat Isroilovich Muhamedov ekaniga e’tibor qaratib, hokimlik hokimning o‘g‘li ta’sis etgan firmadan mashina sotib olgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov ushbu holat yuzasidan izoh berarkan, Parkent tumani hokimligi, haqiqatan ham, ta’sischilaridan biri tuman hokimi Nig‘mat Muhamedovning o‘g‘li Sardor Isroilov bo‘lgan korxonadan Captiva sotib olganini tasdiqlagan.

- O‘zingizga yaxshi ma’lum, Parkent tog‘ va tog‘oldi hududlardan tarkib topgan. Shundan kelib chiqib, 2019 yilda tuman hokimligi Captiva xarid qilishni rejalashtirgan. Biroq o‘sha vaqtda tuman budjetida yetarli mablag‘ bo‘lmagani tufayli, tuman hokimining farzandi, ya’ni Mega Karer MCHJ ta’sischilaridan biri otasi foydalanishi uchun mazkur mashinani berib turgan.

Og‘zaki kelishuvga ko‘ra, tuman budjetida yetarli mablag‘ bo‘lgan paytda pul o‘tkazib beriladigan bo‘lgan. Ya’ni, mashina tuman hokimligi ixtiyoriga berilgan paytda yangi bo‘lgan. Oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tgach to‘lov qobiliyati shakllanganidan keyin bu mablag‘lar firmaga baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan narxga ko‘ra o‘tkazib berilgan.

Yana ham aniqroq aytganda, tuman hokimining farzandi tuman hokimligiga yangi Captiva’ni keyinroq to‘lab berish shartiga rozi bo‘lgan holda topshirgan. Bu o‘rinda qarindosh-urug‘chilik rishtasidan manfaat ko‘zda tutilmagani, qaytaga avtomashinani real narxidan past bahoga xarid qilinganiga e’tibor qaratishingizni istardim, - deydi Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov.

Behzod Qobulovning alohida qayd etishicha, Captiva sotib olishga qaror qilingan vaqtda tuman budjetida pul yetarli bo‘lmagan bo‘lsa-da, keyinchalik pul bo‘lgan, ya’ni «mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi miqdori har chorakda ma’lum bo‘ladi» va «bu mablag‘ni qanday tasarruf etish hokimning ixtiyoridagi ish edi».

«Ammo Nig‘mat Muhammedov rahbar sifatida imkoniyat bo‘lganda ham, avvalo, eng zarur soha va tarmoqlarga mablag‘ yo‘naltirishni ma’qul ko‘rgani bugungi kunda o‘ziga qimmatga tushyapti — ijtimoiy tarmoqlarda masala muhokamalar markazida», — deb fikr bildirgan Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi.

Uning ta’kidlashicha, tuman budjetining «puli ko‘chada qolmagan va bu borada o‘ta kuchli nazorat tizimi mavjud». «Bu vaziyatda budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lgani haqida pisandalar baquvvat asosga ega emas», — deydi Behzod Qobulov.

Qo‘shimcha qilinishicha, Parkent tumani hokimi Nig‘mat Muhammedov «Parkentni sevgan, uning xalqi sog‘lig‘i uchun qayg‘urgan har bir parkentlik singari... umumiy xayriya marafonida munosib ishtirok etib», tuman shifoxonasiga oylik maoshidan jamg‘argan puliga 10 ta sun’iy nafas olish uskunasini taqdim etgan.

Behzod Qobulovning izohiga @davletovuz kanali quyidagicha munosabat bildirgan: «O‘zbekistonda hammaning niyati yaxshi. Hamma yaxshi niyatlar ham to‘g‘ri va qonuniy bo‘laveradimi? Asosiy masala — shunda. Odamlarning yaxshi niyatiga ishonilsa, korrupsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishga ham, manfaatlar to‘qnashuvini cheklashga ham hojat qolmas edi. Bir gap bor: amaldor baribir ham ‘o‘z junini davlat juni bilan aralashtirib’ yubormasligi kerak».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar