“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:28
ЎЗO‘Z

Taksi faoliyati uchun litsenziyani avtomatik olish tartibi joriy etiladi

20 sen, 21:01 3 158 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Taksi faoliyati uchun litsenziyani avtomatik olish tartibi joriy etiladi O‘zbekistonda taksi xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya saqlanib qolishi, ammo uni avtomatik tarzda olish imkoniyati yaratilishi mumkin. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, Kun.uz xabar bermoqda.

Kutilayotgan o‘zgarishga ko‘ra, taksi haydovchilari soliq organlari veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyani avtomatik tarzda qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, haydovchilar o‘z-o‘zini mehnat bilan band qilgan shaxslar toifasiga kiritiladi.

«Ayni paytda turli versiyalar ustida ish olib borilyapti: haydovchilar mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlarga ulanishi sharti bilan o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida tan olinishi mumkin. Negaki, mijozlar haydovchi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, sodir etilishi mumkin bo‘lgan noxushliklarning oldini olish kerak. Bu holatda haydovchilar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

Bundan tashqari, soliq organlari veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyani o‘sha zahoti avtomatik tarzda olishi mumkin bo‘ladi», — deydi hukumatdagi manba.

Ta’kidlanishicha, masalaning moliyaviy yechimlari bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelinmagan. Davlat soliq qo‘mitasi, transport hamda moliya vazirliklari bu borada hamkorlikda ish olib boryapti.

Shu oy boshida moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov taksichilarni ham o‘zini-o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha ishlanayotgani va bu bo‘yicha 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 19 maydagi prezident selektorida taksichilar daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi ma’lum qilingan, ammo 9 iyunda e’lon qilingan tegishli qarorda taksichilar ko‘zda tutilmagandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar