“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:27
ЎЗO‘Z

Grippga qarshi vaksina pnevmoniyadan himoyalaydimi?

19 sen, 16:00 2 988 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Grippga qarshi vaksina pnevmoniyadan himoyalaydimi? Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bosh mutaxassisi Dilorom Tursunova bilan suhbat qildi.

— Aytishlaricha, grippga qarshi vaksina pnevmoniyadan ham himoya qilarkan...
— Gripp o‘z vaqtida samarali davolanmasa, organizmda asoratlar qoldirishi mumkin. Pnevmoniya — grippning eng kuchli salbiy ta’sirlaridan biri hisoblanadi. Grippga qarshi emlanganlar bevosita pnevmoniyadan ham himoyalangan bo‘ladi.

Vaksina olganlar grippga 100 foiz chalinmaydi, deb hech kim kafolat bermaydi. Ammo grippga qarshi vaksina yo‘riqnomasida 98 foiz himoya qilishi ko‘rsatilgan.

— Grippga qarshi vaksinani qayerdan olish mumkin va qayerda ishlab chiqarilgan vaksinalarni tanlagan ma’qul?
— Aholimiz yurtimizdagi mavjud vaksinalarning sifatiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Negaki, chetdan olib kirilayotgan har bir vaksina sifati va samaradorligi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasasi tomonidan tekshirilib, amaliyotga joriy qilishga ruxsat beriladi. Maxsus tashkil qilingan emlash markazlariga borgan holatda emlanish mumkin.

Yurtimizga turli davlatlarda ishlab chiqilgan vaksinalar olib kelinadi. Samaradorligi eng yuqori bo‘lgan vaksinalar Niderlandiya, Germaniya, Xitoy, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Vaksina qabul qilayotganda har bir fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra turli davlatda ishlab chiqilgan vaksinadan birini tanlaydi.

— Vaksinadan keyin qancha vaqtda organizmda grippga qarshi immunitet paydo bo‘ladi?
— Hamma vaksinalar kabi mavsumiy grippga qarshi vaksina ham organizmda 15 kun ichida mikroblarga qarshi immunitet ishlab chiqadi. Ta’sir kuchi 1 yilga yetadi. Emlashdan oldin shifokor tomonidan albatta emlanuvchi shaxsning umumiy salomatligi tekshirilib, shunga ko‘ra vaksinasiya qilish-qilmaslik belgilanadi. Ya’ni, emlanadigan kishi shamollash, nafas olish yo‘llari yallig‘lanishi kabi kasalliklardan tamoman sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik ta’sirchanlik darajasi ham tekshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 92
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 48
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar