“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:12
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Kuba sog‘liqni saqlash sohasi rasmiylari COVID-19’ga qarshi dorilar masalasida muzokara o‘tkazdi

19 sen, 11:00 2 007 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Kuba sog‘liqni saqlash sohasi rasmiylari COVID-19’ga qarshi dorilar masalasida muzokara o‘tkazdi Foto:Biocen
O‘zbekiston va Kuba sog‘liqni saqlash sohasi rasmiylari kubalik olimlar tomonidan koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan dori vositalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazdi. «Kun.uz»ning yozishicha, bu haqda 17 sentabr kuni Kuba Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Gavana–Boku–Toshkent shaklida videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov ishtirok etgan.

Xabarda aytilishicha, Kubaning Biocen kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va COVID-19’ga chalingan yoshi katta bemorlardagi respirator simptomlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan Biomodulin T preparati har ikkala tomonning tibbiyot mutaxassislari tomonidan yuqori baholangan.

Shu bilan birga, muzokaralarda BioCubaFarma kompaniyalar guruhi tomonidan ishlab chiqariluvchi Alpha 2B (Heberon) interferon rekombinanti, CIGB-258 peptidlari (Jusvinza) va Alpha 2B plus gamma (Heberferon) kabi dori vositalari haqida ham atroflicha so‘z borgan.

"3 soatdan ortiqroq davom etgan videokonferensiyada Kubaning Ozarbayjondagi tibbiy brigadasi rahbari doktor Dalsi Torres Avilaning COVID-19 bemorlarini davolashdagi tajribasi o‘rganildi.

O‘zbekiston ekspertlari Kubaning taqdimotini yuqori baholab, ikki mamlakatning sog‘liqni saqlash va dori-darmon sohalaridagi hamkorligini chuqurlashtirishga qiziqish bildirishdi
", — deyiladi Kuba TIV axborotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar