“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:46
ЎЗO‘Z

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva qanday hollarda virus ko‘p yuqayotganini ma’lum qildi

10 sen, 08:30 3 466 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva qanday hollarda virus ko‘p yuqayotganini ma’lum qildi Turli xil marosimlar, to‘ylar, tadbirlar, tug‘ilgan kunlar koronavirus yuqishining eng asosiy omili hisoblanadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva «O‘zbekiston24» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Sevara Ubaydullayevaning ma’lum qilishicha, turli xil marosimlar, to‘ylar, tadbirlar va tug‘ilgan kunlarni karantin qoidalariga zid ravishda o‘tkazish kasallik yuqish yo‘llarining eng asosiy omili bo‘lmoqda.

«Tadbirlarda oila a’zolaridan tashqari bir necha tanish-bilish va viloyatlardan bir-biriga yaqin tanish bo‘lmaganlarning kelishi kasallikni sog‘lom odamga yuqish ehtimolini ko‘paytirib beradi. Kasallikni simptomlarsiz kechirayotgan insonlar bilan birga aloqada bo‘lib qolib, biror bir yig‘inda, bir dasturxon oldida o‘tirib, to‘y yoki tug‘ilgan kun tugagunicha birgalikda ikki metr ijtimoiy masofani saqlamagan holda muloqotda bo‘lish virusning yuqishini kuchaytirmoqda», – dedi mutaxassis.

Sog‘lom inson tibbiy niqoblarsiz yarim soatdan ortiq kasal odam bilan muloqotda bo‘lsa, organizmga shunchalik ko‘p miqdorda virus tushadiki, oylar davomida virusdan qutilish qiyin kechadi.

«Shuning uchun aholidan imkon qadar tadbirlarga ko‘p odamlarni jalb qilmaslik va karantin qoidalarga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolar edik», – dedi u.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 8 sentabr kuni kasallanganlar soni ham, o‘limlar soni ham ko‘paygani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Toshkent shahrida tez yordamga chaqiruvlar ortgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar