“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 17:17
ЎЗO‘Z

Sudga murojaat qilish tartibi takomillashtirilmoqda

10 sen, 15:29 2 516 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sudga murojaat qilish tartibi takomillashtirilmoqda So‘nggi yillarda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash imkonini bermoqda.

Shu jumladan ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 03.09.2020 yilda imzolangan “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4818-sonli Qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab sud majlisi bayonnomalarini audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish, 2021 yil 1 iyuldan boshlab barcha ishtirokchilarni SMS xabar oqali sud majlisi joyi va vaqti haqida bepul xabardor qilish, 2022 yil 1 yanvardan boshlab sud qarorlarini onlayn tarzda ularning iltimosiga ko‘ra esa qog‘oz shaklida taqdim etish kabi bir qator ishlarni amalga oshirish belgilab berilgan.

Shuningdek, 2022 yil 1 iyulga qadar sud hokimiyati organlari faoliyatida, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida 10 ga yaqin interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yiladi, 2023 yil 1 yanvardan boshlab sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish; 28 ta davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari axborot tizimlarini Oliy sudning axborot tizimiga bosqichma-bosqich ulanadi 2022 yil 1 yanvardan boshlab sudlar faoliyatida "Adolat" axborot tizimlari kompleksi joriy etiladi.

Bu orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga da’vo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etiladi, manfaatdor shaxslar tomonidan da’vo, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib boradi, sud majlisi ishtirokchilari ma’lumotlar va hujjatlarni elektron shaklda yuboradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Konimex tuman sudining
sudya yordamchisi
H.Boboqulov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 1
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 0
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 13
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • So'nggi yangiliklar
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 1
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 0
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 0
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 0
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 14
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 13
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 66
  • Bo‘limlar