“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:12
ЎЗO‘Z

«Rossiyaga ketishdan oldin kasb va til o‘rgatiladi» - O‘zbekistonda yangi migratsiya tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

08 sen, 23:30 2 392 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Rossiyaga ketishdan oldin kasb va til o‘rgatiladi» - O‘zbekistonda yangi migratsiya tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda Bugun, 8 sentabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiyada vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Senatning hukumatga kiritgan so‘rovnomasi muhokama etildi. Tadbirda vazir o‘rinbosari Erkin Muhiddinov yangi joriy etilayotgan migratsiya tizimi haqida ma’lumot berdi.

"Rossiyaga borgan o‘zbek migranti patent olishni 25 kun kutadi. Patent bo‘lmasa ishlay olmaydi. Bu borada hukumatlararo kelishuvga erishish uchun yaqinda Rossiyaga jo‘nab ketyapmiz. Tubdan yangi bo‘lgan, xavfsiz va qonuniy migratsiya tizimi yaratilyapti. Bu 3ta yo‘nalishdan iborat.

Birinchisi, xorijda ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni ketishidan oldin tayyorlash. Ya’ni kasb va xorijiy tillarni o‘rgatib, ularga ishlash uchun chet elga borishiga yordam berish.

Ikkinchisi, xorijda ishlayotgan paytida ularning huquqlarini himoyalash va qo‘llab-quvvatlash.
Uchinchi yo‘nalishda vatanga qaytganidan keyin mahalliy mehnat bozoriga reintegratsiya qilish, ya’ni bandligini ta’minlash.

Rossiya misolida olsak, bu mamlakatda ishlash istagini bildirgan 2 mingdan ortiq fuqarolarni respublikadagi 33ta markazda kasb-hunarga o‘qitishni yo‘lga qo‘ydik.

Yaqin kunlarda rus tili kurslarini ham tashkil qilamiz. Buning uchun Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti vakillarini O‘zbekistonga taklif etganmiz. Ular kelib hozirda har bir viloyatni aylanib, markazlarga mahalliy o‘qituvchilarni jalb etishmoqda. Yangi metodikalarni o‘rgatishyapti.

Bundan tashqari, sug‘urta polislarini rasmiylashtira boshladik. Mazkur sug‘urtalar to‘lovlari vazirlik huzuridagi jamg‘arma tomonidan qoplab berilyapti
", - deydi Erkin Muhiddinov.

2020 yil iyun holatiga ko‘ra, 2 milliondan ortiq o‘zbekistonlik turli davlatlarga ishlash uchun ketgan. Ulardan 1,6 million kishi Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar