“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 19:47
ЎЗO‘Z

Farg‘onada bir guruh talonchilar ushlandi

07 sen, 12:39 2 649 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada bir guruh talonchilar ushlandi 2020 yilning 27 avgust kuni soat 03:40da Farg‘ona viloyati Quva tuman O‘zbekiston ko‘chasiga Matiz rusumli avtomashinada kelgan noma’lum shaxslar 18 yoshli X.T.ning jag‘ sohasiga qo‘lining mushti bilan bir marotaba urib, X.T.ga tegishli jami narxi 2.000.000 so‘m bo‘lgan 2 qop bodom mahsulotlari va Samsung Galaxy A20 rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli I.M., F.G‘., D.M. 25 yoshli N.U., 26 yoshli M.K., 22 yoshli T.Q. sodir etganligi aniqlangan, Matiz rusumli avtomashinani I.M. boshqarganligi aniqlanib, X.T.ga tegishli Samsung Galaxy A20 rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, I.M. va uning sheriklari Farg‘ona viloyatining boshqa tumanlarida shu kabi jinoyatlar sodir etganliklari aniqlangan va ularning barchasi ushlangan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M. shu tumanda jinoyat sodir etib ushlanganligi sababli, ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 14
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 0
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 0
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 0
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 28
  • Bo‘limlar