“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:13
ЎЗO‘Z

DTM: Internetda tarqalib ketgan test savollari masalasida surishtiruv o‘tkazilmoqda

02 sen, 22:53 3 996 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DTM: Internetda tarqalib ketgan test savollari masalasida surishtiruv o‘tkazilmoqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov kirish imtihonlarida abituriyentlarning telefondan foydalangani haqida internetda tarqalgan ma’lumotlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

«Hozir ijtimoiy tarmoqlarda bir abituriyentning qo‘lida telefon bilan o‘tirgani yoki yana birining telefon orqali gaplashgani aks etgan video va suratlar tarqalmoqda.

Bu rasmlardan birining olingan vaqtiga e’tibor beradigan bo‘lsak, u 14:19da olingan. Telefon yoki soat kameraning soati noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, deb o‘ylash mumkin bo‘lsa ham, boshqa aniqlashtiruvchi jihatlar bor. Masalan, stadionning poli ko‘k rangda. Bunday stadion Andijonda bor, lekin uning poli hozirgi holatda oq va ko‘k rang aralash qilib bo‘yalgan. Avvalroq viloyatda kirish imtihonlari repetitsiya qilinganda stadion ko‘k rangda bo‘lgan
», – dedi Sardor Rajabov 2 sentabr kungi brifingda.

Uning aytishicha, test kitobchalarining surati tarqalgan holatlar ham tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganilmoqda. Agar abituriyent imtihonga taqiqlangan vositalar olib kirgani aniqlansa, u imtihondan chetlashtiriladi. Agar nazoratchilar sustkashlik qilgan bo‘lsa, ularga nisbatan chora ko‘riladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar