“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 20:59
ЎЗO‘Z

Adliya vazirligi homiylik manbalarni qabul qiluvchi jamg‘armalarda ochiqlik va shaffoflik standartini kiritishni taklif etmoqda

01 sen, 16:50 1 460 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adliya vazirligi homiylik manbalarni qabul qiluvchi jamg‘armalarda ochiqlik va shaffoflik standartini kiritishni taklif etmoqda Joriy yil 28 avgust kuni adliya vazirligida nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda sohadagi muammolar yuzasidan fikrlar almashildi.

Pandemiya davrida davlat organlari ko‘magida jamg‘arilgan mablag‘lar, turli xil fondlarga kelib tushgan yordam pullari va mahsulotlarni ehtiyojmand aholi qatlamlariga manzilli va maqsadli yetkazish yuzasidan ayrim suiste’molchiliklar va talon-tarojliklar bo‘layotgani jamoatchilikning haqli savollarini keltirib chiqardi.

Shu munosabat bilan, jamoat fondlariga va boshqa notijorat tashkilotlariga ajratilgan mablag‘larni ishlatish jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida, jamiyatning xavotiriga sabab bo‘layotgan talon-tarojliklarni oldini olish maqsadida umuman yangi bo‘lgan ochiqlik standartini joriy etish lozimligi vazirlik tomonidan ilgari surildi.

Ushbu standartda homiylar va uchinchi shaxslar mablag‘larini jalb qiluvchi va sarf qiluvchi har qanday davlat yoki nodavlat jamg‘armalari, notijorat tashkilotlari har bir ishlatilgan mablag‘ bo‘yicha jamiyat oldida aniq, to‘liq va kengaytirilgan hisobotni davriy ravishda berib borishining yuqori talablari belgilanishi ko‘zda tutilishi mumkin.

Taqdim etiladigan ma’lumotlar, ularning ko‘lami, turlari, yo‘nalishlari, ya’ni barcha axborot yagona manzilda chop etilishi bu borada jamoatchilik tomonidan tegishli nazorat va monitoring olib borilishiga imkon yaratadi.

Shu bilan birga, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida jamoatchilik eshituvi, monitoringi va jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish nodavlat sektor orqali amalga oshirilishi, biroq, amaliyotda bu turdagi jamoatchilik nazorati shakllari yetarlicha amalga oshirilmayotganligi qayd etildi.

Jamoatchilik nazorati shakllaridan, ayniqsa, “jamoatchilik eshituvi”ning muhim ekanligi, chunki mazkur nazorat shakli davlat organlari va mansabdor shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni muhokama qilish uchun zarurligi, shu sababli jamoatchilik eshituvini yanada kuchaytirish lozim ekanligini ta’kidlandi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 130
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 70
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 39
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 34
  • Bo‘limlar