“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:12
ЎЗO‘Z

Samarqandda tomorqasida giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotgan fuqarolar aniqlandi

26 avg, 11:35 2 101 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda tomorqasida giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotgan fuqarolar aniqlandi Samarqand viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Qoradori-2020» tezkor-profilaktik tadbirining 2-bosqichi davomida olingan tezkor ma’lumotga asosan, Urgut tumani Xo‘jayduq mahallasida yashovchi, R. ning yashash uyi hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruv davomida ushbu shaxs tomorqasidagi poliz ekinlari orasida jami 16 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, tadbir doirasida Urgut tumani Quyiguzar mahallasida yashovchi, A.ning yashash uyi hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida ekinlar orasiga jami 9 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Har ikkala holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Narpay tuman IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan, Narpay tuman Navro‘z MFYda yashovchi, I.ni yashash xonadoni tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ekinlari orasida jami 11 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 55
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 83
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 131
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar