Afsonaviy Diego Maradona yuzini torttirish bo‘yicha plastik jarrohlik operasiyasini o‘tkazdi, deb xabar berdi PrimiciasYa portali.
54 yoshli argentinalik futbol afsonasi ko‘zlari ostidagi qopchalardan xoli bo‘ldi hamda yuz terisini lazerli yoshartirish amaliyotini o‘tkazdi. Portalning ta’kidlashicha, Maradona o‘zining yangi sevgilisi, 24 yoshli Rosio Olivadan ancha katta ko‘rinmaslik uchun shunday yo‘l tutgan.
Maradona bunday yangi, yoshargan qiyofada ilk bor Kubada ko‘rinish berdi. Bu erda uning ishtirokidagi sport ko‘rsatuvi tasvirga olinmoqda.