“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:36
ЎЗO‘Z

Bobomurod Abdullayev onasining iltimosini inobatga olgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

23 avg, 13:44 2 566 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bobomurod Abdullayev onasining iltimosini inobatga olgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati jurnalist Bobomurod Abdullayevning Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston fuqarosi, 1973 yilda tug‘ilgan Bobomurod Qodirovich Abdullayev ekstraditsiya qilindi va uning advokati ishtirokida hamda qonunda ko‘zda tutilgan barcha protsessual huquqlar ta’minlangan holda tegishli tergov harakatlari amalga oshirildi.

Bobomurod Abdullayevning onasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgani inobatga olinib, Abdullayevdan ehtiyot chorasi sifatida munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat olindi
”, deyiladi DXX rasmiy bayonotida.

DXX matbuot xizmati taqdim etgan videolavhada Bobomurod Abdullayevning prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaati aks etgan.
Abdullayev murojaatida Bishkekdan Toshkentga olib kelinishi jarayonida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari unga insoniy munosabatda bo‘lishganini ta’kidlaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Abdullayevning onasi O‘zbekiston prezidentiga murojaat qilgan.
Onam sizga taqdirimdan xavotir olib murojaat qilgan ekan. Shu onaizorning murojaatini yerda qoldirmay ko‘rib chiqibsiz. Sizdan Alloh rozi bo‘lsin, kattadan-katta rahmat, hurmatli Shavkat Miromonovich”, deydi Bobomurod Abdullayev.

Abdullayev O‘zbekiston prezidentining insonparvarlik yo‘nalishida olib borayotgan siyosati albatta o‘z mevasini berishiga ishonch bildirgan hamda onasining va o‘zining murojaatini inobatga olgani uchun minnatdorlik bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar