“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:09
ЎЗO‘Z

Qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash: muammo va yechimlar

22 avg, 22:33 2 238 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash: muammo va yechimlar So‘nggi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar natijasida qonun hujjatlari takomillashtirilib, ko‘plab yangi qonun hujjatlari qabul qilinmoqda. Natijada barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Biroq qonun hujjatlarini qabul qilish yoki o‘zgartirish – bu hali islohotlarning hammasi emas. Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini amalda samarali qo‘llanilishi, ortiqcha ma’muriy-tartib taomillarni qisqartirishi va xalq manfaatlariga mos bo‘lishi ham katta ahamiyatga ega.

Qonun hujjatlari real ishlashi uchun esa ular avval boshdanoq har tomonlama puxta o‘ylab, turli tahlillar va baholashlar, muhokamalar va asoslantirishlardan so‘ng qabul qilinishi lozim. Aks holda ushbu hujjatlarni tez orada o‘zgartirish, bekor qilish yoki yangidan qabul qilish ehtiyojini yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa islohotlar samarasini va kelajagini “katta so‘roq ostida” qoldiruvchi yopiq doirani hosil qiladi.

Nima qilmoq kerak?
Ma’muriy tartib-taomillarni ilg‘or milliy va xorijiy tajriba asosida muntazam takomillashtirib borish, asossiz cheklovlar, ortiqcha
va eskirgan tartibga solish mexanizmlaridan voz kechish lozim.

Buning uchun, avvalo, hujjatlarni ishlab chiqishning dastlabki bosqichidayoq ularning ta’sirini baholash va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishning samarali mexanizmlarini joriy etishning ahamiyati katta. Ya’ni “ishlab chiqilayotgan qonun hujjati qanchalik muhim, undan qanday natijalar kutilmoqda va hujjat mazkur kutilayotgan samarali natijalarga erishish imkonini beradimi” degan muhim savollarga hali u qabul qilinmasdan turib, aniq javoblar bo‘lishi shart. Bir so‘z bilan aytganda, suvni ko‘rmay, etikni yechmaslik kerak.

Navbatdagi muhim masala, bu qonun hujjatlari qabul qilingandan so‘ng 2-3 yilda amaliyotda uning ishlashi, kutilgan natijaga olib kelishi, bo‘shliqlari kabi muhim me’zon va ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilinib, baholanishi hamda baholash natijalari keng jamoatchilikka e’lon qilinishi kerak.

Bu bizga nima beradi?
Qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash, shuningdek, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, eng avvalo, qabul qilinayotgan hujjatning xalqchil bo‘lishiga, keng ommaning fikr-mulohazalari bilan boyitilishiga olib keladi.

Shuningdek, bu jarayonda loyihani amalga oshirish davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy natijalar baholanadi. Asosiysi, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar, byurokratik to‘siqlar, samarasiz tartibga solish jarayonlarining oldi olinadi.
Qonun hujjatlarini qabul qilishning dastlabki bosqichida va qabul qilinganidan so‘ng uning ta’sirini baholab borish har bir qonun hujjatining samaradorligini va natijadorligini ta’minlaydi.

Jamoatchilik muhokamasini o‘tkazilishi va uning natijalari bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan keng ommaga axborot berilishi, ularning fikrlari inobatga olingan-olinmaganligining tushuntirilishi aholining keyingi qabul qilinayotgan qonunchilik jarayoniga faol ishtirok etishini ta’minlaydi hamda qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, tartibga solish ta’sirining to‘g‘ri baholanishi inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga, ortiqcha tartibga solish va byurokratiyani bartaraf etishga, tegishli munosabatlarni adolatli tartibga solishga, qonun ijodkorligi hamda davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur huquqiy bo‘shliqlarning yechimi sifatida quyidagi takliflarni amalga oshirish muhim hisoblanadi:
1. Yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini va qabul qilinganiga 2-3 yil bo‘lgan qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash mexanizmini joriy qilish.

2. Tartibga solish ta’sirini baholashni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni hamda baholashning aniq me’zonlarini belgilash.

3. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha “maxsus platforma” tashkil qilish, uning mobil versiyasini ishga tushirish.

4. Qonun hujjatlarini amaliyotda qo‘llash turli qiyinchiliklarni keltirib chiqarmasligi uchun:
– dastlabki baholashni loyihani ishlab chiqish jarayoni bilan birga amalga oshirish (“ex-ante” usuli);
– loyiha qabul qilingandan so‘ng 2-3 yilda uning ta’sirini baholash, baholash natijasi bo‘yicha xulosa tuzib, jamoatchilikka OAV orqali yoki “maxsus platforma”da e’lon qilib borish (“ex-post” usuli).
Baholash natijalari bo‘yicha tuzilgan xulosalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar to‘g‘ri bajarilganligi, belgilangan maqsadlarga erishilganligi yoki yangi muammolar paydo bo‘lganligi kabi holatlari aniq ko‘rsatilishi kerak.
Zaruratga ko‘ra, xulosa natijasi bo‘yicha qonun hujjatiga yoki uni amalga oshirish jarayoniga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

5. Qonun hujjatlarini xalqchil bo‘lishini ta’minlash maqsadida:
– loyiha bilan birga uni tartibga solish ta’sirini baholash hujjatini majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish;
– kelib tushgan barcha takliflar bo‘yicha ularni qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi yuzasidan keng jamoatchilikka axborot berish;
– televideniyeda “qonun hujjatlari loyihalari muhokamasi” ko‘rsatuvini tashkil qilib, har bir qonun hujjati va uni baholash natijalari bo‘yicha keng jamotchilikka axborot berib borish.

6. Loyihani Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgunga qadar tartibga solish ta’sirini baholash va uning natijalari bo‘yicha axborot berish, e’lon qilish jarayonini o‘tkazish, aks holda loyiha huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan rad qilinishini belgilash.

Mazkur huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Adliya vazirligining Ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish
va monitoringini yuritish boshqarmasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar