“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:37
ЎЗO‘Z

Qo‘qonda yo‘lovchilari isiriq tutatib yurgan yuk mashinasi haydovchisi jarimaga tortildi

22 avg, 13:30 3 257 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘qonda yo‘lovchilari isiriq tutatib yurgan yuk mashinasi haydovchisi jarimaga tortildi Foto: O‘zA
18 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahri ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiyasi qilinayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha izoh bergandi.

Izohga ko‘ra, Qo‘qon shahar «Toza hudud» DUK tomonidan berilgan ma’lumot bo‘yicha korxona xodimlari shahar va shahar atrofidagi maishiy chiqindilarni yig‘ib olishlari davomida maishiy chiqindilar bilan birga olingan cho‘g‘langan isiriq qoldiqlarini o‘chirish maqsadida avtomashina harakatlanayotganda bir-biriga hazil qilib, o‘ynashib, o‘zlarini ko‘rsatish uchun isiriq to‘liq yonib tugaguncha yo‘l-yo‘lakay tutatib ketgan.

O‘zAning xabar berishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqaramasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan va Qo‘qon shahar «Toza hudud» DUKga qarashli mashina haydovchisiga qoidabuzarlik uchun jarima belgilangan.

Farg‘ona IIB YHXB ma’lumoti bo‘yicha haydovchi yo‘l harakati qoidalarining 156-bandini buzib, odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida yo‘lovchi tashigan va unga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziriligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatov (hozirda agentlik direktori o‘rinbosari) koronavirusdan himoyalanish uchun uy sharoitida isiriqdan ko‘proq foydalanishni tavsiya qilgandi. Oliy Majlis Senatining fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tgan ikkinchi yalpi majlisida tashrif buyuruvchilarning isitmasi bor-yo‘qligi teplovizorlar yordamida tekshirilgani, kirish joyida qo‘riqchilardan biri isiriq tutatgani haqida xabar berilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar