“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 20:23
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qarori ustidan sudga shikoyat qilmoqchi

20 avg, 20:14 2 557 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qarori ustidan sudga shikoyat qilmoqchi Foto: UzAuto Motors
19 avgust kuni Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasida UzAuto Motors’ga nisbatan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonuni buzilishi belgilariga nisbatan ochilgan ish bo‘yicha navbatdagi tinglov o‘tkazilgan edi. Unda qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan UzAuto Motors AJga qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror ustidan sudga shikoyat qiladi.

- "Bahsli masalalarni asoslash uchun zarur qo‘shimcha materiallarni tayyorlashga muddat qisqa ekanligi tufayli UzAuto Motors AJ tomonidan ish ko‘rib chiqilishi keyinroqqa qoldirilishi (2005 yil 12 oktabrdagi 225-sonli VMQga muvofiq)ni so‘rab iltimosnoma yo‘llangandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ish bir taraflama ko‘rib chiqildi, uning yakunida noto‘liq ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilindi.

Qayd etish o‘rinliki, avtomobillarni ishlab chiqarish murakkab jarayon bo‘lib, uni o‘rganish yetarlicha vaqt talab etadi. UzAuto Motors faoliyatini yanada chuqurroq va asosliroq o‘rganish kelgusi sud muhokamalari davomida mumkin bo‘ladi – kompaniya o‘zining ushbu huquqidan foydalanishni rejalashtirgan.

Shuni ham qayd etish o‘rinliki, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanadi.

O‘z navbatida kompaniya avtomobillar narx asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma’lum qiladi", deb yozadi UzAuto Motors.

Ma’lumot uchun, Rasul Kusherbayevning tanqidlari ortidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors AJga nisbatan ish qo‘zg‘atgan edi. Qo‘mita kompaniya tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunni buzish alomatlarini aniqlagan. Qo‘mitaning 19 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra avtomobillar narxi 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 17
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 1
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 17
  • Bo‘limlar