“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 07:16
ЎЗO‘Z

«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlarida 923 nafar jabrlanuvchi so‘roq qilindi

20 avg, 14:40 2 450 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlarida 923 nafar jabrlanuvchi so‘roq qilindi Kun.uz olgan ma’lumotga ko‘ra, ish yuzasidan sud tergovi harakatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan, sudya D.Valiyev raisligida olib borilmoqda. 19 avgustga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi jabrlanuvchilarning 923 nafari so‘roq qilingan.

«Avto 60 oy» MCHJ mansabdorlari soxta tadbirkorlik, pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.

Jabrlanuvchilar sonining ko‘pligini inobatga olib, ish tafsilotlaridan xabardor qilib borish maqsadida JIB Chilonzor tuman sudi tomonidan maxsus @jibChilonzorsuditelegram kanali tashkil qilingan. Jinoyat ishining barcha jabrlanuvchilaridan mazkur telegram kanaliga obuna bo‘lishlari so‘ralmoqda.

Toshkent viloyatida yashovchi jabrlanuvchilardan 20 avgustdan boshlab, haftaning dushanba kunidan shanba kuniga qadar soat 10:00dan 17:00gacha tuman sudi binosiga kelishlari so‘ralmoqda.

Manzil – Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Sharq tongi ko‘chasi, 1a-uy. Mo‘ljal – Xlebushkina nomidagi bolalar uyi.
Murojaat uchun telefonlar: 71-231-19-52, 99-814-96-41

Eslatib o‘tamiz, tergov hujjatlariga ko‘ra, «Avto 60 oy» MCHJ ta’sischisi va boshqa mansabdorlari foizsiz, pulini 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan avtotransport olib berishni va’da qilib, odamlardan avtomobil turiga qarab 2 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha pul olgan, biroq zimmalaridagi majburiyatni to‘liq bajarmagan.

MCHJga 18 818 nafar mijoz 57 milliard 412 million so‘m to‘lov qilgani aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 242
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 110
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 138
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 413
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 109
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 1
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 160
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 38
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 37
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 34
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 182
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 121
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 57
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 54
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 29
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 432
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 107
  • Bo‘limlar