“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:37
ЎЗO‘Z

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilindi

19 avg, 18:45 2 950 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilindi Foto: Davlat test markazi
Davlat test markazi yangi o‘quv yili uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan stadion va xiyobonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra imtihonlar uchun mamlakat bo‘ylab umumiy hisobda 40 ta stadion va xiyobon (65 ta sektor) jalb etiladi.

Kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 2 ta hudud, Buxoro, Xorazm va Jizzax viloyatlarida 3 tadan, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 4 tadan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 6 tadan, Samarqand viloyatida esa 7 ta hudud jihozlanadi.

Toshkentda kirish imtihonlari 17 ta joyda o‘tkaziladi. Ularning 3 tasi «Paxtakor» stadioni hududida, 4 tasi Milliy bog‘da, 2 tasi Talabalar shaharchasi (O‘zbekiston Milliy universiteti)dagi xiyobonda, 5 tasi «Ashxobod» bog‘ida, 1 tasi G‘alaba bog‘i va 2 tasi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

2020/2021-o‘quv yili qabulida OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 91 ta oliy ta’lim muassasasi va filiallarda ta’limning bakalavriat yo‘nalishiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2020 yil 2 sentabrdan boshlanadi va 12 kun davom etadi. Har kuni 2 bosqichda tashkil etiladi. Sinovlar o‘tkaziladigan joylarning barchasi videokuzatuv kameralar bilan jihozlanadi. Abituriyentlarga antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi.

Xavfsizlikni ta’minlashga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, turg‘un va qo‘lda olib yuruvchi metallodetektorlar, transport va aloqa vositalari hamda xizmat itlari jalb etiladi. Favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida har bir kuchishlatar tizimida xizmatga jalb etish uchun zaxira kuchlari shakllantiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar