“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:00
ЎЗO‘Z

IIBB Sergeli tumanida sodir bo‘lgan janjal haqida ma’lumot berdi

13 avg, 09:00 3 551 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIBB Sergeli tumanida sodir bo‘lgan janjal haqida ma’lumot berdi Foto: IIBB axborot xizmati
Joriy yilning 11 avgust kuni soat 22:30da Toshkent shahar IIBBga Sergeli tumani Sputnik-4 massivida ikkita erkak janjallashayotgani va biri ikkinchisini urayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, voqea joyiga PPX avtoekipaji yetib borgan. Erkaklarni ajratib, Sergeli tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar bo‘limiga yetkazishgan.

Suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli S.E. bir necha kun davomida uyiga kelmagan. Uning otasi 52 yoshli F.X. o‘g‘lining bu ishidan g‘azablanib o‘g‘lini kechki payt Sergeli-4 massivida ko‘rib qolganda uni urishib, o‘g‘liga badan shikastlari yetkazgan. S.E. shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Kelishmovchiliklarni kuch bilan hal qilish kerakli natija bermaydi. Ayniqsa, ulg‘ayib qolgan farzandlaringizning tarbiyasida bunday uslub samarasizdir. Qarindoshlar orasida kelishmovchilik chiqqanda siz doim hududiy profilaktika inspektorlari yordamida Toshkent shahar IIBB psixologlariga murojaat qilishingiz mumkin”, - deyiladi ma’lumotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 56
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 299
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 93
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 103
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar