“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:17
ЎЗO‘Z

Sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun COVID-19 qanchalik xavfli?

09 avg, 20:21 2 470 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun COVID-19 qanchalik xavfli? Nargiza Parpiyeva
O‘pka xastaliklari mutaxassisi, SSV bosh ftiziatri, tibbiyot fanlari doktori, professor Nargiza Parpiyevaga sil kasalliklari va koronavirusga bog‘liq savollar bilan Kun.uz sayti murojaat qildi.

– Nargiza Nusratovna, sizning asosiy faoliyatingiz o‘pka patologiyasi, xususan sil kasalligi bilan bog‘liq. Koronavirus O‘zbekistonga kirib kelganiga ham olti oy bo‘ldi, shu vaqt oralig‘ida sil kasalligi va COVID-19 birgalikda kelishi qay darajada kuzatilmoqda?
– Albatta, koronavirus infeksiyasi O‘zbekistonga kirib kelgan vaqtdan shu kunga qadar sil kasalligi va COVID-19'ning birgalikda kelishi statistikasi mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda. Bizning Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi misolida aytadigan bo‘lsak, 15 mart kunidan bugungi kungacha sil kasalligi va COVID-19 bilan kasallangan bemorlar aniqlanib, ularda silning klinik kechishi COVID-19 bo‘lmagan sil bemorlaridan hech qanday farq qilmadi, deyish mumkin.

– Umuman, respublikada sil kasalligi bilan bog‘liq vaziyat qanday? Karantin holatining bu kasallik tarqalishiga ta’siri o‘rganilyaptimi?
– O‘zbekiston Respublikasida sil kasalligiga qarshi oldindan olib borilayotgan barcha tadbirlar: silni aniqlash va davolash ishlari davom etmoqda. Davlat tomonidan bunga hozirgi kunda katta e’tibor berilmoqda. Ammo viloyatlarda vaziyat talab qilganda viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazlaridagi ba’zi binolarda COVID-19 aniqlangan bemorlar uchun alohida bo‘limlar tashkillashtirilgan.

– Fikringizcha, pandemiya kuz-qish oylarida ham susaymasa, kasallik qanday klinik kartina hosil qiladi va mavsum o‘lim ko‘rsatkichiga qay darajada ta’sir qilishi mumkin?
– Bu prognozni faqatgina epidemiologlar berishi mumkin.

– Siz faoliyat olib borayotgan tibbiyot markazida ham COVID-19'ga chalingan bemorlar davolanmoqdami? Ular boshqa bemorlar bilan qanday ajratilgan?
– Yuqorida aytib o‘tganimdek, bizning markazimizda sil kasalligi va COVID-19'ga chalingan bemorlar davolanmoqda. Bunday bemorlar aniqlanganda biz ularni barcha sanitar-gigiyena qoidalarga rioya qilgan holda alohida davolash bo‘limiga izolyatsiya qilib ham silni, ham COVID-19'ni davolash protokoli asosida davo ishlari olib bormoqdamiz.

– Bu kasallikni davolashda o‘pka mashqlari va tanaga suyuqlik jo‘natish bo‘yicha turlicha fikrlar bildirilmoqda. Siz COVID-19'ni davolashda bu ikki muolajaga qanday qaraysiz?
– COVID-19 kasalligini har bir bosqichidan kelib chiqib davolashda o‘ziga xos o‘pka mashqlari tavsiya qilinib, ularning ijobiy samarasi kuzatilmoqda. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, COVID-19 bemorlariga ortiqcha suyuqlikni vena tomiriga tomchilab yuborish kasallikning asoratli kechishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun vena tomiriga suyuqlik yuborish tavsiya qilinmaydi.

Abror Zohidov suhbatlashdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 223
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 106
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 132
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 394
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 106
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 64
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 19
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 18
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 20
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 119
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 77
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 48
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 46
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 27
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 350
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 92
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 112
  • Bo‘limlar